Nishonboy Hoji Qosimxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nishonboy Hoji Qosimxoʻjayev — 60 yoshda, Asaka rayoni, Qoʻngʻirot qishlogʻidan, oʻzbek, 1930-yili quloqqa tortilgan. 1930-yili kolxozni yer bilan taʼminlashga qarshi harakat qilgani uchun 3 yil qamoq jazosiga hukm etilgan, jazoni oʻtab qaytgan, hibsga olingunga qadar biron joyda ishlamagan. Aksilinqilobiy, isyonchi guruhning ishtirokchisi sifatida Niyozbotir masjidida, Norxoʻjayev, Shahobiddinov va Boymanovlar uylaridagi yashirin yigʻinlarda ishtirok etganlikda ayblangan. Aksilinqilobchi trotskiychilarning terrorchilik faoliyatini maʼqullab gapirgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 37 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.