Ninsya-Xuey muxtor rayoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ninsya-xuey muxtor rayoni - Xitoy tarkibidagi maʼmuriy birlik, mamlakatning shimolida. Mayd. 60,4 ming km2. Aholisi 5,38 mln. kishi (1998); 1/3 qismi dungan (xuey)lar. Maʼmuriy va iqtisodiy markazi — Inchuan sh. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Sholi, bugdoy, tariq, gaolyan, paxta, moyli ekinlar ekiladi. Chorvachilikda, asosan, qoʻy va qoramol boqiladi. Radiotexnika, elektronika, metallurgiya, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Inchuan sh. yaqinidan toshkoʻmir va osh tuzi qazib olinadi. Xuanxe daryosida kema qatnaydi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil