Nikolay Bobrinskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikolay Alekseyevich Bobrinskiy
Tavalludi 30-mart 1890-yil
Moskva, Rossiya imperiyasi
Vafoti 28-dekabr 1964-yil
Moskva, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasiSSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi zoologiya
Ish joylari Moskva davlat universiteti
Taʼlimi Moskva davlat universiteti
Akademik rahbarlari M.A.Menzbier
Mashhur shogirdlari I.I.Kolesnikov

Nikolay Alekseyevich Bobrinskiy (1890-yil 30-mart (11-aprel), Moskva1964-yil 28-dekabr[1]) – rus zoologi va biogeografi, oʻqituvchi. Biologiya fanlari doktori, Toshkent va Moskva universitetlari professori. Moskva tabiatshunoslar jamiyatining haqiqiy aʼzosi (1916). Birinchi jahon urushi qatnashchisi, Annin quroli bilan taqdirlangan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikolay Alekseyevich Aleksey Alekseevich Bobrinskiy (1864–1909) va Varvara Nikolaevna Lvova (1864–1940) oilasida tugʻilgan[2]. Oilada yana ikkita oʻgʻil (Aleksandr va Gavrila) va ikki qiz (Natalya va Mariya) bor boʻlgan. Otasi tomonidan u Aleksey Pavlovich Bobrinskiyning nabirasi va Vladimir Bobrinskiyning jiyani boʻlgan.

1899–1904-yillarda Moskva Polivanov gimnaziyasida tahsil olgan. 1908-yilda Tula gimnaziyasida eksternal talaba sifatida kirish imtihonlarini topshirgan va oʻsha yili Moskva universitetining fizika-matematika fakultetining tabiiy fanlar boʻlimiga oʻqishga kirgan. 1911–1912-yillarda zoolog S.A.Buturlin maslahati bilan Armanistonga, Katta va Kichik Ararat atrofidagi pasttekisliklarga ornitologik ekspeditsiyada qatnashgan. Ekspeditsiya natijalari asosida 1916-yilda ikkita ilmiy maqola chop etilgan. 1914-yilda Nikolay Alekseyevich Moskva universitetini bitirganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani olgan, ammo Birinchi jahon urushi boshlanishi sababli davlat imtihonlarini topshirish qoldirilgan. M.A.Menzbir koʻmagida 1914-yilda u Buxoroga navbatdagi ekspeditsiyani amalga oshirgan. Keyinchalik urush boshlanganda Izyum Gussar polkida koʻngilli sifatida xizmat qilgan. 1915-yil bahoridan boshlab, praporşist N.Bobrinskiy Kavkaz mahalliy otliq diviziyasining tatar otliq polkida xizmat qilgan. 1916-yilda ogʻir yaralangan, ammo tirik qolgan va tuzalgach, xizmatga qaytgan. U kapitan darajasiga koʻtarilgan. Koʻrsatgan jasorati uchun „Jasorat uchun“ yozuvi tushurilgan qilich bilan taqdirlangan[3].

1918-yilda Moskva davlat universitetida imtihonlarni topshirgandan soʻng, Bobrinskiy Zoologiya muzeyiga ishga kirgan. U yerda 1920-yilgacha Moskva universitetining xodimi boʻlib ishlagan.

1920–1922-yillarda Oʻrta Osiyoda birinchi ilmiy-maʼrifiy markaz hidoblangan Toshkentda tashkil etilgan Turkiston universitetini tashkil etishda qatnashgan. 1921-yilda professor D.N.Qashqarov bilan birgalikda Ugom daryosi boʻyidagi hayvonot dunyosini oʻrganish uchun sayohat qilgan.

1925-yilda Oʻrta Osiyo Bosh muzeyining Chotqol tizmasidagi Sarichelak koʻliga uyushtirilgan ekspeditsiyasida qatnashgan.

1922-yildan u Moskva universitetida ishlagan. 1934-yilda Moskvada qatagʻon va hibsga olishlarning yangi toʻlqini boshlanganda oilasi bilan yana Oʻrta Osiyoga joʻnab ketgan. Oʻrta Osiyo davlat universitetida umurtqali hayvonlar kafedrasi mudiri lavozimlarini egallagan. Oʻrta Osiyo davlat universitetida zoologiya kafedrasi mudiri boʻlgan.

1933-yilda Shimoliy Qozogʻistonning Koʻkchetav va Zerenda oʻrmon xoʻjaliklari hududlariga ekspeditsiyada boʻlib, u yerda orol oʻrmonlarining umurtqali hayvonlar faunasini oʻrgangan. 1936-yilda u Qizilqum choʻlining janubi-sharqiy qismidagi keng hududlarni oʻrgangan.

1943-yil 22-mayda N.A.Bobrinskiyga dissertatsiya himoyasisiz doktorlik unvoni berilgan.

SSSR faunasi va zoogeografiya boʻyicha koʻplab asarlar muallifi hisoblangan. Uning zoologiyaga oid darsligi 1935-yilda, materiallar toʻplash boʻyicha qoʻllanma 1937-yilda nashr etilgan. 1948-yilda nashr etilgan „Hayvonlar dunyosi va SSSR tabiati“ kitobi keng tanilgan va turli soha mutaxassislari tomonidan munosib baholangan.

Umrining soʻnggi yillarida u ogʻir kasallik tufayli toʻshakka mixlanib qolgan. 74 yoshida Moskvada vafot etgan. U Vostryakovskiy qabristonida, bolalari va xolasi Sofiya Alekseyevna qabrlari yoniga dafn qilingan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1919-yilda u oʻzining uzoq qarindoshi Mariya Alekseyevna Chelishchevaga (1886-1973) uylangan va ularning beshta farzandi boʻlgan[4]. Suprugi imeli pyaterix detey[5]:

  • Aleksey, toʻngʻich (1920—1932)
  • Jabroil (1922—1926)
  • Anna (1925—1933)
  • Pavel (goʻdakligida vafot etgan)
  • Nikolay (1927—2000)
  • Nabirasi – Aleksey Nikolayevich Bobrinskiy.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Бобринский Н. А. На Первой Мировой войне. Из записок графа Николая Алексеевича Бобринского // «Дворянское собрание», 1995. № 3. — С. 175—190.
  • Ильичёв В.Д., Сагитов А.К. „Николай Алексеевич Бобринский (1890—1964); Воспоминания сына — Николая Николаевича Бобринского“,. Московские орнитологи, 1000 экз, М.: Изд-во МГУ, 1999 — 24—30; 31-35 bet. ISBN 5-211-04119-4.  (в пер.)
  • Шокарев С. Ю. „Бобринский Николай Алексеевич“,. Московская Энциклопедия. Том I: Лица Москвы: Книга 1 (А—З), 10000 экз, М.: Изд. центр «Москвоведение», 2007 — 640 bet. ISBN 978-5-903633-01-2.  (в пер.)
  • Голицын С. М. Записки уцелевшего. — М.: Вагриус, 2006. — С. 132, 288.
  • Раевский С. П. Пять веков Раевских. — М.: Вагриус, 2005. — С. 336.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Бобринские“,Большая российская энциклопедия, 65000 экз, М.: Большая Российская энциклопедия (издательство), 2005 — 625 bet. ISBN 5-85270-330-4. 
  2. „Rodovid — Алексей Алексеевич Бобринский р. 6 май 1864 ум. 14 июнь 1909“. 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-iyun.
  3. „Бобринский Николай :: Документы о награждениях :: Первая мировая война“. gwar.mil.ru. 2022-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-dekabr.
  4. „Мария Алексеевна Бобринская“ (ru). Сергей Андреевич Тутунов. 2019-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-dekabr.
  5. „Книга памяти: Дворяне“. Заклеймённые властью. Международное историко-просветительское правозащитное и благотворительное общество «Мемориал». 2019-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]