Nebojša Kosović

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nebojša Kosović
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nebojša Kosović
Tavallud sanasi 24-fevral 1995-yil (1995-02-24) (29 yosh)
Tavallud joyi Nikšić, Montenegro, FR Yugoslaviya
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Meizhou Hakka
Raqami 27
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2011 Vojvodina
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2014 Vojvodina 30 (2)
2014—2015 Standard Liège 0 (0)
2014—2015Újpest (Ijara) 21 (1)
2015—2019 Partizan 60 (5)
2019—2021 Qayrat 57 (8)
2022- Meizhou Hakka 23 (4)
Milliy terma jamoa
2010—2011 Montenegro U17 6 (1)
2014 Montenegro U19 3 (0)
2013—2016 Montenegro U21 15 (0)
2016- Montenegro 32 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (6-sentyabr uchun)

Nebojša Kosović (talaffuzi: Neboysha Kosovich) (1995-yil 24-fevralda tugʻilgan) — chernogoriyalik professional futbolchi, Xitoy Superligasi klubi Meizhou Hakka va Chernogoriya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vojvodina[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikšić shahrida tugʻilgan Kosović Vojvodinaga havaskor sifatida qoʻshilgan. U 2011-yil 9-aprelda jamoasi bilan „Sloboda Ujice“ ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan holda klub safidagi ilk debyutini oʻtkazgan. 2010/2011-yilgi mavsum oxirigacha Kosović yana bir marta liga oʻyinida maydonga tushgan, uning klubi ligada uchinchi oʻrinni egallagan. Keyinchalik Kosović „Vojvodina“ bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan. U 2012-yilning fevralida jamoa bilan uch yillik shartnoma boyicha kelishib olgan. Kosović 2011/2012-yilgi mavsumda ham ligada bitta oʻyin oʻtkazgan. U klub safidagi birinchi golini 2013-yil 9-mart kuni BSK Borchaga qarshi safarda, 3:3 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda kiritgan[1]. Keyingi 2013/2014-yilgi mavsumda Kosović UEFA musobaqalaridagi ilk golini urgan. Bu oʻyin 2013-yil 4-iyul kuni Maltaning „Hibernians“ klubi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyin boʻlgan[2]. Shuningdek, u 2013-yilning sentabrida „Vojvodina“ jamoasi bilan shartnomasini 2017-yilning yoziga qadar uzaytirgan[3].

Standart Liege[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning yanvarida Kosović Belgiyaning „Standart Liege“ jamoasiga oʻtgan[4]. U Les Rouches bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzolagan va darhol Vengriyaning „Ujpest“ klubiga ijaraga berilgan[5]. Uning sobiq murabbiyi Nebojša Vignjević boshchiligidagi futbolchi ikkita yirik sovrinni qoʻlga kiritgan jamoa aʼzosi boʻlgan. Oxir-oqibat u 2015-yil qishki transfer oynasida Standard Liejga qaytgan, biroq ularning asosiy jamoasi uchun hech qanday oʻyinda maydonga tushmagan.

Partizan[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil 7-avgustda Kosović Serbiyaga qaytib kelgan va „Partizan“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan[6]. U klubdagi debyutini 2015-yilning 22-avgustida oʻtkazgan va safarda Borac Chachak ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan. 2016-yilning 12-martida Kosović oʻzining „Partizan“ safidagi ilk golini „Vozdovac“ga qarshi oʻyinda (3:0) kiritgan[7]. U „Partizan“ bilan birinchi mavsumidayoq Serbiya kubogini yutib olishgan[8]. Keyingi 2016/2017-yilgi mavsumda Kosović barcha musobaqalarda (liga va kubok) 22 oʻyinda oʻtkazgaan va uchta gol urgan. Partizan liga chempionligi va kubokni qoʻlga kiritishga erishgan. 2018-yilning noyabrida u „Partizan“ bilan shartnomasini 2021-yilning iyuniga qadar uzaytirgan[9].

Qayrat[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning bahorida Kosović Qozogʻistonning „Qayrat“ klubi bilan 450 000 yevro evaziga ikki yillik shartnoma imzolagan[10][11].

Meizhou Hakka[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 21-aprelda Kosović Xitoy Superligasining „Meizhou Hakka“ klubiga oʻtgan[12].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kosović oʻz mamlakatini 2010-yilgi oʻsmirlar yozgi Olimpiya oʻyinlarida himoya qilgan. U Singapurga qarshi guruh bosqichidagi 2:3 hisobida magʻlubiyataga uchralgan oʻyinda dubl qayd etgan. Shuningdek, Chernogoriya tarkibida 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan toifalardamaydonga tushgan.

2016-yilning 29-mayida Kosović Chernogoriya terma jamoasi safida toʻliq debyut qilgan va Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida zaxiradan maydonga tushgan[13][14].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Liga Kubogi Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Vojvodina 2010—2011 Serbiya Super Ligasi 2 0 0 0 2 0
2011—2012 1 0 0 0 0 0 1 0
2012—2013 19 1 3 0 0 0 22 1
2013—2014 8 1 2 0 3 1 13 2
Jami 30 2 5 0 0 0 3 1 38 3
Újpest (Ijara) 2013—2014 Nemzeti Bajnokság I 8 1 4 0 0 0 12 1
2014—2015 13 0 3 0 5 1 21 1
Jami 21 1 7 0 5 1 0 0 33 2
Partizan 2015—2016 Serbiya Super Ligasi 17 1 4 0 0 0 21 1
2016—2017 16 3 6 0 0 0 22 3
2017—2018 8 1 0 0 4 0 12 1
2018—2019 19 0 1 0 6 0 26 0
Jami 60 5 11 0 0 0 10 0 81 5
Qayrat 2019 Qozogʻiston Premyer Ligasi 17 0 0 0 1 0 18 0
2020 16 4 0 0 2 0 18 4
2021 24 4 2 1 8 0 34 5
Jami 57 8 2 1 0 0 11 0 70 9
Karyerada Jami 168 16 25 1 5 1 24 1 222 19

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Chernogoriya 2016-yil 1 0
2017-yil 3 0
2018-yil 7 0
2019-yil 7 1
2020-yil 5 0
2021-yil 9 0
Jami 32 1

Xalqaro maydondagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2019-yil 5-sentyabr Podgoritsa shahar stadioni, Podgoritsa, Chernogoriya  Vengriya 1 — 1 2-1 Oʻrtoqlik

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Újpest
  • Magyar Kupa : 2013—2014
  • Szuperkupa : 2014-yil
Partizan
  • Serbiya Superligasi : 2016—2017
  • Serbiya kubogi : 2015—2016, 2016—2017, 2017—2018
Qayrat

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „BSK-Vojvodina3 : 3“ (serbcha). fkvojvodina.rs (9-mart 2013-yil). 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2016-yil.
  2. „Hibernians-Vojvodina 1 : 4“ (serbcha). fkvojvodina.rs (4-iyul 2013-yil). 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2016-yil.
  3. „Zalog Za Budućnost“ (serbcha). fkvojvodina.rs (13-sentabr 2013-yil). 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2013-yil.
  4. „Nebojša Kosović U Standardu“ (serbcha). fkvojvodina.rs (29-yanvar 2014-yil). 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-fevral 2016-yil.
  5. „Un jeune espoir monténégrin prêté par le Standard à l'Ujpest“ (fransuzcha). 7sur7.be (31-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
  6. „Nebojša Kosović potpisao za Partizan“ (serbcha). partizan.rs (7-avgust 2015-yil). Qaraldi: 7-avgust 2015-yil.
  7. „Tako Mlad, A Već Šoša Kosović sjajnim makazicama postigao prvenac u Partizanu /Video/“ (serbcha). blic.rs (12-mart 2016-yil). Qaraldi: 12-mart 2016-yil.
  8. „Kup je naš!“ (serbcha). partizan.rs (11-may 2016-yil). Qaraldi: 30-iyul 2017-yil.
  9. „Nebojša Kosović produžio ugovor sa Partizanom“ (cnr). reprezentacija.me (19-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2018-yil.
  10. Madiyar Zhampeisov. „Полузащитник из Черногории Небойша Косович стал игроком "Кайрата"“ (ruscha). Экспресс К (2-aprel 2019-yil). 2019-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2019-yil.
  11. Nebojša Kosović u Kairatu za 450.000 evra (serbcha). Mozzart Sport (30-mart 2019-yil). Qaraldi: 5-mart 2019-yil.
  12. „梅州客家官方:武卡诺维奇、杜加利奇、科索维奇等4外援加盟“ (zh). Dongqiudi (2021-yil 21-aprel). Qaraldi: 23-aprel 2021-yil.
  13. „Nevjerovatan poraz, u posljednjoj sekundi Turska - Crna Gora 1:0“ (cnr). vijesti.me (29-may 2016-yil). 2016-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2016-yil.
  14. „Player Database“. eu-football.info. Qaraldi: 19-sentabr 2020-yil.