Nazira Yoʻldosheva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nazira Yoʻldosheva
Tavalludi 1925-yil
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Nazira Yoʻldosheva (1925-yil, Sirdaryo tumani, Sirdaryo viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949), KPSS aʼzosi (1945) [1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nazira Yoʻldosheva 1925-yil Sirdaryo tumanida tavallud topgan. Yoʻldosheva Sirdaryo tumanidagi „Haqiqat“ kolxozida kolxozchi (1941—1943), brigadir (1943—1944), zvenob boshligʻi (1944—1947), tuman komsomol qoʻmiitasi kotibi (1948), Toshkentdagi partiya maktabi tinglovchisi (1948—1950), Sirdaryo tuman partiya qoʻmitasi boʻlim mudiri (1950—1952), „Haqiqat“ kolxozi partiya tashkiloti kotibi (1953—1958), raisi (1958—1960), 1960-yildan Lenin nomli kolxoz raisi boʻlib ishlagan. Yoʻldosheva zvenosi 5 gektar yerning har gektaridan 86 sentnerdan paxta yetishtirgan (1948). 4—5-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti (1955—1962), 7—8-chaqiriq SSSR Oliy Soveti deputati (1966—1974). 2 marta Lenin ordeni, Oktyabr Revolyutsiyasi ordeni, 3 marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni, „Hurmat belgisi“ ordeni sohibi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzSE 1974, s. 220
  2. OʻzSE 1974, s. 221

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, V tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1974 — 640 bet.