Navob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Navob — Boburiylar saltanati viloyat hokimi. 18-asrning 1-yarmida saltanat inqirozga yuz tutgach, Bengaliya, Arkot, Aud va boshqalarning N.lari mustaqil hokim boʻlib qolganlar. 18-asrning 2-yarmida ingliz mustamlakachilari N.larni oʻzlariga boʻysundirganlar va shundan keyin N.larni tayinlash, vazifasidan chetlatish ular ixtiyorida boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil