Nate Sucese
Nate Sucese | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
12-iyul 1996-yil Fairport, New York, AQSh | ||
Boʻyi | 5 ft 9 in (175 cm) | ||
Ogʻirligi | 174 lb (79 kg; 12 st 6 lb) | ||
Pozitsiyasi | Hujumchi | ||
Maydondagi joylashgan oʻrni | Chap qanot | ||
AHL Sobiq jamoalar |
Iowa Wild Tucson Roadrunners | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2020—hozirgacha |
Nathan Daniel Sucese (talaffuzi: Nate Sucese; 1996-yil 12-iyulda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkey oʻyinchisi hozirda Amerika Xokkey Ligasining (AHL) Iowa Wild jamoasida oʻynamoqda.
Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sucese 1996-yil 12-iyulda New Yorkning Buffalo shahrida Sally va Jon Sucese oilasida tugʻilgan. Buffalo Jr. Sabres jamoasida oʻynab, Sucese 2013-yilgi Amerika Qoʻshma Shtatlari Xokkey Ligasi (USHL) draftida Dubuque Fighting Saints jamoasi tomonidan umumiy 45-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan[1]. Shundan soʻng, u Connecticut shtatidagi Gunnery Prep maktabida xokkey oʻynagan va Penn State Nittany Lions bilan NCAA Division I kollej xokkeyini oʻynashga rozi boʻlishdan oldin Saints jamoasi bilan uchta oʻyin oʻynagan[2].
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sucese 2016-yildan 2020-yilgacha Penn State universitetida Nittany Lions jamoasida oʻynagan. U yerda u Donald P. Bellisario aloqa kollejida oʻqigan va aloqa sanʼati va fanlari boʻyicha ixtisoslashgan fakultetda taʼlim olgan[3]. Oʻzining yangi mavsumi davomida Sucese 38 oʻyinda 17 gol va 19 golga assistentlik qildi[4]. U oʻzining debyutida Mercyhurstga 6:3 hisobida magʻlub boʻlganida oʻzining birinchi kollejdagi ilk golini kiritgan[5]. Sucese oʻzining birinchi mavsumini odatdagi qanot pozitsiyasida boshlagan. Keyin Dylan Richardning jarohati tufayli markaz pozitsiyaga koʻchirilgan[6] Sucese chorak finalda Michigan ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonishda gʻalaba golini urgan va golga assistentlik qilgan. Bu gʻlaba tufayli Nittany Lions 2017-yilgi Katta oʻnta erkaklar xokkey turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan[7].
Sucese kollejdagi faoliyatini Arizona Coyotes jamoasi bilan boshlangʻich darajadagi shartnoma imzolash orqali yakunlagan[8]. Keyinchalik u 2020—2021-yilgi mavsum uchun Amerika Xokkey Ligasi (AHL) Tucson Roadrunners filialiga qayta sardor etib tayinlangan. Sucese Roadrunners bilan 36 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol va 7 ta golli uzatmani qayd etganidan soʻng, Iowa Wild jamoasini tark etgan[9].
Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
GP | Oʻynalgan oʻyinlar | G | Gollar | A | Uzatmalar | Pts | Jamoa toʻplagan ochkolari | PIM | Penalti uchun belgilangan daqiqalar |
Doimiy mavsum | Pley-off | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Jamoa | Liga | GP | G | A | Pts | PIM | GP | G | A | Pts | PIM | ||
2012—2013 | Buffalo Jr. Sabres | OJHL | 3 | 1 | 2 | 3 | 0 | 2 | 1 | 2 | 3 | 0 | ||
2013—2014 | The Gunnery | USHS | 28 | 17 | 22 | 39 | 8 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Dubuque Fighting Saints | USHL | 2 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | Dubuque Fighting Saints | USHL | 51 | 12 | 15 | 27 | 20 | 8 | 3 | 6 | 9 | 6 | ||
2015—2016 | Dubuque Fighting Saints | USHL | 60 | 26 | 33 | 59 | 28 | 12 | 4 | 6 | 10 | 2 | ||
2016—2017 | Penn State U. | B1G | 38 | 17 | 19 | 36 | 12 | — | — | — | — | — | ||
2017—2018 | Penn State U. | B1G | 36 | 14 | 15 | 29 | 16 | — | — | — | — | — | ||
2018—2019 | Penn State U. | B1G | 39 | 19 | 18 | 37 | 24 | — | — | — | — | — | ||
2019—2020 | Penn State U. | B1G | 34 | 11 | 27 | 38 | 16 | — | — | — | — | — | ||
2020—2021 | Tucson Roadrunners | AHL | 36 | 6 | 7 | 13 | 12 | 1 | 0 | 1 | 1 | 0 | ||
2021—2022 | Iowa Wild | AHL | 43 | 4 | 4 | 8 | 10 | — | — | — | — | — | ||
AHLdagi umumiy ochkolari | 79 | 10 | 11 | 21 | 22 | 1 | 0 | 1 | 1 | 0 |
Mukofot va unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mukofot | Yil | Mnb. |
---|---|---|
USHL | ||
Ikkinchi yulduzlar jamoasi | 2016 | |
Kollej | ||
B1G Birinchi yulduzlar jamoasi | 2020 | [10] |
NCAA Sharqiy Ikkinchi Butun Amerika jamoasi | 2020 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „USHL Draft Results“. PointStreaks (15-may 2013-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.
- ↑ Somers. „Nate Sucese commits to Penn State hockey“. The Daily Collegian (11-iyun 2014-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.
- ↑ „NATE SUCESE“. Penn State Nittany Lions. Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Nate Sucese“. Elite Prospects. Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.
- ↑ „M. Hockey Travels to Erie For Snowtown Throwdown Against Mercyhurst“. Nittany Lions (13-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.
- ↑ Ferree. „From center to wing – An easy transition for Nate Sucese“. Daily Collegian (18-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.
- ↑ „#15 MHKY Downs Michigan, 4-1, in B1G Quarterfinals“. Nittany Lions (16-mart 2017-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Sucese signs entry-level contract with Coyotes“. Milliy xokkey ligasi (20-mart 2020-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Iowa Wild Signs Forward Nate Sucese To A One-Year, Two-Way AHL Contract“. Iowa Wild (9-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Sucese and Hults Earn First-Team All-Big Ten Honors, Penn State Lands Five on All-Conference Teams“. Nittany Lions (11-may 2020-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.