Nasr ul-laoliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“Nasr ul-laoliy” (“Sochma durlar”) – Hazrat Ali hikmatlari majmuasi. Ularning ilk namunalari “Kalomi amir al-moʻminin Ali” nomi bilan atalgan. 9-asrda Amr ibn Bahr al-Johiz ulardan baʼzilarini ajratib olib, saylanma tuzgan. Rashididdin Vatvot al-Johiz saylanmasini asliyat, forsiy tarjima va sharhlar bilan “Nasr ul-laoliy” yoki “Sad kalima” nomi ostida yangi toʻplam tarzida bunyod etgan. Shoir Ashraf ham Hazrat Alining 100 hikmatini sheʼrga solgan va kitobini “Sad pandi Ali” deb atagan.

Alisher Navoiy “Nasr ul-laoliy” tarkibidagi 268 hikmatni turkiy ruboiylar shaklida sheʼriy yoʻl bilan tarjima qilgan va oʻz asarini “Nazm ul-javohir” deb atagan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at.