Namunali xizmati uchun koʻkrak nishoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Namunali xizmati uchun koʻkrak nishoni“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishoni
Kimga topshiriladi Oʻzbekistonfuqarolari va istisno hollarda xorijiy fuqarolarga topshiriladi
Taqdirlash asosi vatanparvarlik va harbiy burchiga sadoqatini koʻrsatgan, jangovar hamda maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarligidan aʼlo natijalarga erishgan, xalqaro tanlovlar, musobaqa va Olimpiadalarda yuqori natijaga erishgan harbiy xizmatchilar, pensionerlar, taqdirlanadi.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2019-yil 12-fevral.

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa qobiliyatini mustahkamlash yoʻlida faol ishtirok etgan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilarini ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida mudofaa vazirining „NAMUNALI XIZMATI UCHUN“ koʻkrak nishoning yangi koʻrinishi joriy etildi[1][2].

Mukofotlash tartibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu koʻkrak nishoni bilan quyidagi hollarda taqdirlash koʻzda tutilgan:

  • vatanparvarlik va harbiy burchiga sadoqatini koʻrsatgan, jangovar hamda maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarligidan aʼlo natijalarga erishgan, xalqaro tanlovlar, musobaqa va Olimpiadalarda yuqori natijaga erishgan harbiy xizmatchilar;
  • yosh harbiy xizmatchilarning milliy gʻoya va mafkuramizga sodiq boʻlishida oʻz hissasini qoʻshgan Mudofaa vazirligi faxriylari va pensionerlari;
  • oʻz xizmat majburiyatini aʼlo darajada bajargan Mudofaa vazirligi xizmatchilari va ishchilari;
  • mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash yoʻlida hamkorlikda oʻtkazilgan qoʻshma mashgʻulotlarda fidoyiligi bilan ajralib turgan boshqa vazirliklar va idoralarning harbiy xizmatchilari va ishchilari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari.

Faqat istisno holatlarda koʻkrak nishoni Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmagan shaxslarga topshirilishi mumkin.

„NAMUNALI XIZMATI UCHUN“ koʻkrak nishoni uchta darajadan iborat boʻlib:

  1. III darajasi kalendar hisobida 10-yil;
  2. II darajasi — 15-yil;
  3. I darajasi — 20-yil xizmat qilgan, oʻzining yuksak professional mahoratini namoyon etgan harbiy xizmatchilarga topshirilishi mumkin.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]