Namudligʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Namudligʻ — Iloqdagi Shahar harobasi (6—11-asrlar). N. Angren shahri yaqinida, Ohangaron daryosining oʻng sohilida joylashgan. 1966—67 yillarda oʻrganilgan. N.ning maydoni 70 ga,’ 5 burchakli qalʼa va keng shahristondan iborat boʻlib, dare va uning irmoklari bilan mudofaalangan. 3—4-asrlarda mudofaa devorlari bilan oʻralmagan turar joylar paydo boʻlgan. Bu davrda tirnab uchburchak naqshlar solingan, qizil oxrasimon boʻyoklar bilan yoʻl-yoʻl chiziklar tushirilgan va hayvon shaklidagi tutqichli sopol idishlardan foydalanilgan. 5—6-asrlarda N. shaharga aylangan. 9—10-asrlarga kelib kumush va boshqa rangli metallarni qayta ishlovchi hunarmandlik korxonalari rivojlanishi bilan shahar gullab yashnagan. N.da metall eritish va kulolchilik pechi, kaolin va buyok, modda saqlanadigan joylar topilgan. N.dagi idishlar qoʻlda va kulolchilik charxida yasalgan. Undan shisha, sopol idishlar, har xil tangalar topilgan. Ularga oxra va angob bilan jilo berish rasm boʻlgan Shahar 11-asrda inqirozga uchragan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil