Namlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Namlik — xavodagi suv bugʻlari va fizik jismlar tarkibidagi suv miqdori; ob-havo va iqlimni, jismlarning xossalarini belgilaydigan omillardan biri. N. havoning suv bugʻlari-ga, jismlarning suvga qanchalik toʻyinganligiga, ularning tabiatiga, zichligiga yoki gʻovakligiga, ichki va tashqi sirtlari oʻlchamlariga bogʻliq. Odatda, N. jismning dastlabki ogʻirligiga (ogʻirlik boʻyicha N.) yoki hajmiga (hajmiy N.) nisbatan foizlarda belgilangan suv miqdori bilan ifodalanadi. Uni materialning quruq qismi massasi birligiga nisbatan olingan suv miqdori bilan ham ifodalash mumkin. Materiallar (Mas, paxta, taxta), maqsulotlar (don va boshqalar) ning N. darajasini belgilab qoʻyishning xalq xoʻjaligida ahamiyati katta. Koʻp jismlar (Mas, don, sement) maʼlum N.dagina moʻljallangan maqsad uchun yaraydi. Odam, jonivor va oʻsimliklarning hayoti ham maʼlum darajadagi N. va muhitning nisbiy namligiga bogʻliq (yana qarang Havo namligi). N. miqdori maxsus asbob — namlik oʻlchagich bilan oʻlchanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil