Nafisa Sodiqova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sodiqova Nafisa
Tavalludi 1930
Toshkent, O'zbekiston SSR
Vafoti 2015
Toshkent
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi Tarix, muzeyshunoslik, etnografiya
Mukofotlari „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“, „Mehnat shuhrati“ ordeni(2000)
Turmush oʻrtogʻi Ubaydulla Karimov

Nafisa Sodiqovna Sodiqova — taniqli oʻzbekistonlik olima.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, tarix fanlari doktori N. S. Sodiqova 1930-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1949-yilda Toshkent pedagogika institutining tarix fakultetini tamomlagan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti aspiranti (1950-1953). FA Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyining (hozirgi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi) katta ilmiy xodimi, boʻlim mudiri (1954-1959), 1960- 1985 yy. direktor lavozimida ishlab kelgan. Nafisa Sodiqova „Sovet Oʻzbekistonida muzeyshunoslik ishining vujudga kelishi va taraqqiyoti tarixi (1917-1973)“ mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Mustaqillik yillarida N.Sodiqova Oʻzbekistonda muzeyshunoslik ishini rivojlantirishdagi koʻp yillik xizmatlari va jamoatchilik faoliyatlari uchun „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan (2000)[1].

Asosiy nashr qilgan ilmiy ishlari:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Muzeynoe delo v Uzbekistane, 1975. — 289 s.
  • Sodiqova. N.Madaniy yodgorliklar xazinasi. Toshkent."Fan". 1981. 272 bet.
  • Sadikova N., Levteeva L., Sultonova N., Tursunaliev K. Kustarnie promisli v bitu narodov Uzbekistana XIX — XX vekov. T.: Fan, 1986. 163 s.
  • Oʻzbek milliy kiyimlari XIX-XX asrlar, 2001. — 302 s.
  • Oʻzbek milliy kiyimlari XIX-XX asrlar, 2003. −159 s.
  • Oʻzbek milliy kiyimlari XIX-XX asrlar, 2006. — 191 s.
  • Natsionalnaya odejda Uzbekov XIX-XX vv. Tashkenta i Fergani, 2006. — 32 s.
  • Natsionalnaya odejda Uzbekov XIX-XX vv. Buxari i Samarkanda, 2006. — 32 s.
  • Natsionalnaya odejda Uzbekov XIX-XX vv. Xorezma, 2007. — 34 s.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Р.Ҳ.Муртазаева.Ўзбекистон тарихчилари. I жилд (биобиблиографик маълумотнома). Т.: «Fan va tehnologiya», 2012, 246 бет.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. R. H. Murtazaeva. Oʻzbekiston tarixchilari. I jild (biobibliografik maʼlumotnoma). T.: „Fan va tehnologiya“, 2012, 182 bet