My Love

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„My Love“
Westlife qoʻshigʻi
„Coast to Coast“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 30-oktyabr, 2000-yil(2000-10-30)
Studiya Cheiron Studios (Stockholm, Shvetsiya)
Davomiyligi 3:52
Leybl
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • Per Magnusson
  • David Kreuger
Westlife singllari xronologiyasi
„AAgainst All Odds“
(2000)
My Love
(2000)
„What Makes a Man“
(2000)
Klipi
„My Love“ YouTubeda
Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 8-iyul, 2022-yil(2022-07-08) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

My Love“ (tarjimasi „Mening sevgim“) — „Westlife“ irland guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2000-yilning 30-oktyabrida guruhning „Coast to Coast“ nomli ikkinchi studiyaviy albomining ikkinchi singli oʻlaroq chiqarilgan[1]. Qoʻshiq Buyuk Britaniya singllar xit-paradida birinchi pogʻonacha koʻtarilgan hamda guruhning eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan yettinchi singliga aylangan.

Buyuk Britaniyada 2000-yilda eng koʻp sotilgan qoʻshiqlar orasida „My Love“ 35-oʻrinni egallagan. Shuningdek, qoʻshiq 2000-yilda Buyuk Britaniyada „The Record of the Year“ mukofoti bilan taqdirlangan. Qoʻshiq Buyuk Britaniyada bugunga qadar 400 ming nusxada sotilgan.

„My Love“ qoʻshigʻi Jörgen Elofsson (talaffuzi: Yorgen Elofson), Per Magnusson (talaffuzi: Per Magnusson), David Kreuger (talaffuzi: Devid Kreyger) hamda Pelle Nylén (talaffuzi: Pelle Naylen) tomonidan yozilgan. Qoʻshiqqa Magnusson va Kreuger produserlik qilgan. Qoʻshiq do-major tonalligida yozilgan boʻlib, qoʻshiqchilarning vokali E4 dan A5 gacha boʻlgan diapazonni qamrab oladi[2].

„My Love“ qoʻshigʻi uchun olingan klipga Robert Brinkmann (talaffuzi: Robert Brinkman) rejissorlik qilgan. Klip guruh aʼzolari Ennis va Limerick shaharlari oʻrtasida joylashgan Shannon aeroportida soʻnggi reys bekor qilingani haqida xabar topishidan boshlanadi. Klip davomida guruh aʼzolari Limerick shahri koʻchalarida, shahardagi poyezd stansiyasida hamda Moher qoyalarida kuylayotgani aks etgan tasvirlar koʻrsatilgan. „My Love“ qoʻshigʻi klipi „Westlife“ guruhning YouTubeda eng koʻp koʻrilgan videolarining biridir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „New Releases – For Week Starting 30-oktyabr 2000-yil: Singles“ (PDF). Music Week. 28–oktyabr 2000–yil. 25-bet. Qaraldi: 21–iyun 2022–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. David, Kreuger „Westlife "My Love" Sheet Music in C Major - Download & Print“. Musicnotes.com (2010-yil fevral). Qaraldi: 21-iyun-2022.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]