Munozara:Alisher Uzoqov

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Bu maqolani oʻchirib tashashni maʼqullagan boʻlardim, chunki judayam koʻp grammatik hatolar va kamchiliklar koʻp boshqatan ishlash kerak. (Itdasturchi (munozara))

Oʻchirishning hojati yoʻq deb oʻylayman, sababi bu maqolani tahrir qilishingizga boʻladi--Amir.Temur (munozara) 19:06, 9 fevral 2014 (UTC)
  • Hato rasm ham qoʻyishmagan Wikipediaga ahamiyat va manbalar yaxshi yoritilmagan, koʻpgina maqolalarda shunday kamchiliklar bor (munozara))
Itdasturchi, grammatik xatolar haqida gapirishdan avval oʻzingiz imloni oʻrganib olsangiz yaxshi boʻlardi. „Hatolar“ emas, „xatolar“ boʻladi. „Boshqatan“ emas, „boshqatdan“ boʻladi. „Hato“ emas „hatto“ boʻladi. Imlo lugʻatidan foydalaning toʻgʻri yozishni bilmasangiz. Rasm qoʻyishga kelsak, Vikipediyada erkin fayllardan qoʻllanish kerak. Uzoqov haqida hozircha erkin fayl yoʻq. Noerkin fayldan maʼlum qoidalarga rioya qilib foydalanish mumkin, ammo bu shart va zarur emas. Kamchiligi bor maqola oʻchirilishi kerak degan qoida yoʻq. Bunday maqolalarni har kim yaxshilashi mumkin. Nataev munozara 05:11, 13 fevral 2014 (UTC)
  • To`g'ri yozishni bilaman man Toshkent bolasi bo`lganim uchun, ayrim xatolar qilishim mumkun, man shunchaki muhokamada gaplashvoman shuning uchun xatolar qilaman maqola yozishda xatoga yo`l qo`ymayman !!! — Bu xabarni Itdasturchi (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
Qanaqa xato bor maqolada? Aniq ayta olasizmi? Menimcha „aktor“ soʻzi xato yozilgan, „aktyor“ boʻlishi kerak deb oʻylayapsiz. Qoida boʻyicha „aktor“ yozilishi kerak, sababi undoshlardan keyin ё harfi lotin yozuvida o yoziladi. Masalan, „режиссёр“ soʻzi „rejissor“ deb yozilgan imlo lugʻatida. Ammo "актёр" hech bir tushuntirishsiz "aktyor" deb yozilgan oʻsha lugʻatda. Shu sabab baʼzilar „aktor“ deb yozsa, boshqalar „aktyor“ deb yozadi.
Xato qilmayman maqolalarda deb maqtanmang. Oʻzingizni koʻklarga koʻtarib yozgan maqolangizda „ziyolilar oyilasida tugʻilgan“ deb yozgan edingiz. „Oyila“ emas, „oila“ yoziladi. Buni 1-sinf oʻquvchisi ham yaxshi biladi. Ziyolilar oilasida tugʻilgan odam tem bolee bilishi kerak buni. Nataev munozara 05:02, 14 fevral 2014 (UTC)
  • O`zbekcha Vikipediyada tem bolee degan so`zga balo bormi ? shunchali aqilli bo`lsangiz shu so`zni o`zbekcha tarjimasni eting hurmatli admin, o`zi sizni kim admin qilib qo`ydi ? hayronman Qirg`iziston fuqorasi ekansiz!

(Itdasturchi (munozara))

  • Hurmatli Itdasturchi! Oʻzbekcha Vikipediyada unday mahalliychilik ketmaydi. Oʻzbekcha Vikipediya faqat Oʻzbekistonliklar uchun emas, balki oʻzbek tilini bilgan barcha uchun ommabop ensiklopediyadir (millatidan, davlatidan qatʼiy nazar)--Amir.Temur (munozara) 06:12, 15 fevral 2014 (UTC)
  • Hurmatli Nataev meni qo`poligim uchun kechiring, bundoq o`ylab qarasam o`zim xech nimani tushunmasamda aqillilik qilb bahslashib yotibman, mendan yoshingiz ham ancha katta bo`lsa kerak, ikkiyuzlamachi deb o`yalamang o`zimni fikrimni to`g`ri deb bahslashishga o`rganib qolganman min bor uzr ! Men O`zbek Vikipediyasiga ayb qidirish uchun emas uni boyitish va rivojlantirish uchun keldim, menga bunda yormizngizlarni ayamaysizlar degan umitdaman, yana bir bor uzr. (Itdasturchi (munozara))
"Тем более" oʻzbekcha „ayniqsa“ yoki „inchunun“ boʻladi. Shunchaki ruscha varianti loʻnda va tushunarli boʻlgani uchun ruscha yozdim. Siz birovdan toʻgʻri yozishni talab qilishdan avval oʻzingiz yaxshi yozishni oʻrganib oling. Shuncha yozganlaringiz ichida (maqola(lar)da ham, munozaralarda ham) birorta ham toʻgʻri gap yoʻq.
Vikipediyada administratorlarni foydalanuvchilar ovoz berib saylaydi.
Qirgʻiziston fuqarosiman, ha, ammo Oʻzbekcha Vikipediyada faqat Oʻzbekiston fuqarolari tahrir qila oladi degan qoida yoʻq. Agar Vikipediyada faqat oʻzbekistonliklar tahrir qilganida ensiklopediya xolis boʻlmagan boʻlardi. Yaxshiki Vikipediya va unga qardosh loyihalar ishini tashkillashtiruvchi va taʼminlovchi Vikimedia Jamgʻarmasining Oʻzbekiston bilan hech qanday aloqasi yoʻq. Aytgancha, Oʻzbekcha Vikipediyani boshlagan bollar ham aynan Qirgʻizistonlik boʻlgan, eʼtiboringiz uchun.
Oʻz fikrini bildirish yaxshi narsa, ammo oʻzi bilmagan narsalar haqida bahslashish nooʻrin. Vikipediyada foydali tahrir qilish uchun avval uning qoidalari bilan tanishib chiqish kerak. Nataev munozara 05:05, 17 fevral 2014 (UTC)