Mumin Muxitdinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1914-yil
Marg‘ilon, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1989-yil 27-aprel
Farg‘ona, O‘zbekiston SSSR, SSSR
Siyosiy partiyasi Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi
Mukofotlari

Mumin Muxitdinovich Muxitdinov (1914-yil Marg‘ilon, Rossiya imperiyasi — 1989-yil 27-aprel, Farg‘ona, Oʻzbekiston SSSR, SSSR) — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi, Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzosi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mumin Muxitdinov 1914-yilda Farg‘ona viloyati Marg‘ilonda tavallud topgan. 1941-yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzosi.

1932-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda ishlagan. 1932 — 1986-yillarda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida artel ishchisi, o‘qituvchi, maktab direktori, komsomol xodimi, Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi, bir qator tuman partiya komitetlarining birinchi kotibi va O‘zbekiston Kompartiyasi Bog‘dod tuman qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimlarida ishlagan. Oʻzbekiston Kompartiyasi Oxunboboyev tuman qoʻmitasi birinchi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Oʻzbekiston okrug qoʻmitasi birinchi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Margʻilon shahar qoʻmitasi birinchi kotibi va Fargʻona viloyatida partiya xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

Muxitdinov davrida Margʻilon 100 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan shaharga aylandi[1][2].

O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 4, 5, 6 va 7-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Mumin Muxitdinov 1989-yilda Farg‘ona viloyatida vafot etgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2 marta Lenin ordeni

Mehnat Qizil Bayroq ordeni

II darajali Vatan urushi ordeni

Mehnat Qizil Bayroq ordeni

Xalqlar doʻstligi ordeni

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „1970 год“. 2011-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-mart.
  2. „1979 год“. 2012-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]