Mulla Soyib Nazar Boymatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mulla Soyib Nazar Boymatov — Asaka rayoni Boʻzariq qishlogʻidan, oʻzbek, quloq, 1932-yili quloqqa tortilib Begovat rayoniga surgun qilingan, u joydan oʻsha yili qochib kelgan, keyingi vaqtda diniy xizmatda boʻlgan, Boʻzariq qishlogʻida imomlik qilgan. Aksilinqilobiy, isyonchi guruh aʼzosi, Xoʻja masjid va Shahobidinov uyidagi yashirin yigʻilishda qatnashgan, sovet hokimiyatiga qarshi fikr bildirgan, kolxozchilar orasvda kolxozga qarshi, isyonchilik tashviqot olib borgan, degan ayb qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 38 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.