Muhammadali Oʻrinboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammadali Oʻrinboyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Muhammadali Oʻrinboyev
Tavallud sanasi 24-aprel 2005-yil (2005-04-24) (19 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston
Boʻyi 1.70 cm (12 in)
Ampluasi Vinger, Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Angliya Brentford B
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—2021 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021— Oʻzbekiston Paxtakor 14 (0)
2024   Angliya Brentford B 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Muhammadali Oʻrinboyev (ruscha: Муҳаммадали Ўринбоев; 24-aprel 2005-yil, Toshkent) – Oʻzbekistonlik futbolchi, qanot yarim himoyachisi va qanot hujumchisi pozitsiyalarida oʻynaydi. Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi futbolchsi boʻlib, Angliya Premyer-ligasining „Brentford B“ jamoasi tarkibida ijara asosida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammadali „Paxtakor“ jamoasi akademiyasi tarbiyalanuvchisi. 2021-yil asosiy jamoaga jalb etilgan va 25-oktyabr Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasiga qarshi debyut oʻyinini oʻtkaqazgan[1][2]. Debyut qilgan oʻyinida 16 yosh 183 kunlik edi va mavsumda Superligada maydongga tushgan eng futbolchisga aylandi[1][3][4]. Debyut mavsumining oxirida futbolchi va klub chempionlikni qoʻlga kiritgan. 2022-yilning iyul oyida futbolchi Toshkent klubining asosiy jamoasiga oʻtdi. Futbolchi klub safidagi debyut golini 2022-yil 23-avgust kuni Oʻzbekiston Kubogi doirasidagi „Shoʻrtan“ klubiga qarshi oʻyinda urgan edi[5]. 2023-yilning sentyabr oyida futbolchi klub bilan OChL oʻyinlariga bordi. Futbolchi turnirdagi ilk uchrashuvini 2023-yil 24-oktabr kuni Turkmanistonning „Ahal“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi[6]. Mavsum yakunida futbolchi Oʻzbekiston Superligasining uch karra chempioni ham boʻldi.

Muhammadali 2024-yil 31-yanvarkuni „Paxtakor“ jamoasi tominidan Angliyaning „Brentford“ jamoasiga yarim mavsumga ijaraga berilgani maʼlum qilindi[7][8][9]. Bu transfer orqalik Oʻzbekistonlik futbolchilar ichida birinchi bor, Oʻzbekistondan toʻgʻridan toʻgri Angliya jamoasiga oʻtish boʻldi[10][11].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning noyabr oyida futbolchi Oʻzbekiston U18 terma jamoasiga chaqiruv olgandi. Futbolchi terma jamoadagi debyutini 2022-yilning 26-noyabr kuni Turkiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga sardorlik bogʻichini olib tushgan edi. Futbolchi terma jamoadagi debyut golini 2023-yil 8-sentabr kuni Rossiya yoshlar terma jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan edi.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammadalining akasi ham futbolchi boʻlib, Metallurg va Oʻzbekiston milliy terma jamoasining hujumchisi Zabihillo Oʻrinboyevdir[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]