Muhammad Maʼsum Mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad Maʼsum Mirzo (15-asr) – shahzoda. Sulton Husayn Boyqaroning oʻgʻli. Qandahorda hokimlik qilgan. Ulugʻbek Mirzoning qizlaridan biriga uylangan. Qandahor hokimi boʻlsa-da, Boburning yozishicha, eʼtibori va ixtiyori boʻlmay, viloyatni Shohbek argʻun boshqarar, “oq qilsa ham, qaro qilsa ham oʻsha qilar edi”. Shuning uchun u yerda turolmay Hirotga qaytib keladi va otasining hayotligidayoq olamdan oʻtadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at.