Muhabbat Abidova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhabbat Fazilovna Abidova
Tavalludi 10-oktyabr 1931-yil
Toshkent
Vafoti 17-avgust 2020-yil(2020-08-17)
(88 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Sohasi kimyoviy texnologiya sohasi
Ilmiy darajasi kimyoviy texnologiya sohasidagi olim
Ilmiy unvoni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Muhabbat Fazilovna Abidova (1931-yil 10-oktabr — 2020-yil 17-avgust) — kimyoviy texnologiya sohasidagi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1931-yil 10-oktabrda Toshkent shahrida tugʻilgan.

Oʻrta Osiyo politexnika institutini (1954), Oʻzbekiston SSR FA Kimyo instituti aspiranturasini (1957) tugatgan. 1958-yilda „Skelet sink va rux-mis katalizatorlarida ba’zi karbonil birikmalarining qaytarilish reaksiyalarini oʻrganish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Mehnat faoliyati:

  • Kimyo instituti kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi,
  • Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti katta ilmiy xodimi,
  • Markaziy Osiyo yoqilgʻidan foydalanish instituti katta ilmiy xodimi,
  • Markaziy Osiyo neftni qayta ishlash sanoati ilmiy-tadqiqot instituti sektor rahbari, laboratoriya mudiri,
  • Oʻzbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri.

Kimyo fanlari doktori (1975). Doktorlik dissertatsiyasining mavzusi: „Ogʻir neft fraksiyalarini bir bosqichli gidrokrekinglash uchun katalizatorlarni tanlash va oʻrganish“.

Sanoatda ishlatiladigan katalizatorlar va kimyoviy jarayonlar sohasidagi ilmiy ishlanmalar muallifi.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (19.05.2000).

„Mehnat shuxrati“ ordeni bilan taqdirlangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]