Mufuletta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mufuletta

Mufuletta — Sitsiliyada yopiladigan kunjutli dumaloq non va shu nondan tayyorlanadigan mashhur sendvich[1].

Non[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mufuletta — Sitsiliyada pishiriladigan diametri taxminan 25 smgacha boʻlgan, zich magʻizli, yirikkina dumaloq yassi non[2]. Tashqi koʻrinishdan fokachchaga oʻxshaydi. Mufuletta fokachchadan quyidagilar bilan farq qiladi: mufuletta juda yengil non, tashqi tomondan qarsildoq, magʻzi yumshoq. Tayyorlashda kunjutdan boshqa birorta ziravor yoki taʼm beruvchi mahsulotdan foydalanilmaydi.

Sendvich[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anʼanaviy mufuletta sendvichi — yonlamasiga kesilib, orasiga tuzlangan zaytun salati, mortadella, salyami, mosarella pishlogʻi, vetchina va provolone solingan non[3]. Baʼzan provoloneni eritish uchun sendvich isitiladi. Toʻliq, ikkiga yoki 4 ga boʻlingan holda dasturxonga tortiladi.

Asosiy qoʻshimchasi — oregano va sarimsoqpiyoz bilan birga mada toʻgʻralgan kashnich, selderey, zaytun, rangli karam va sabziga zaytun moyi qoʻshilib, 24 soat davomida marinadlanadigan zaytun salatidir.

Dastlab, sendvich sovuq holda tortiladi, koʻplab ishlab chiqaruvchilar nonni qovurgan holda tortiq qiladi.

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mufuletta sendvichining kelib chiqishi Luiziana shtatining Nyu-Orlean shahridagi fransuz mavzesida joylashgan Central Grocery Italiya-Amerika oziq-ovqat doʻkoni hisoblanadi[4][5].

Central Grocery asoschisining qizi Mari Lupo Tusning soʻzlariga koʻra, ushbu sendvich yaqin atrofda oʻzlari yetishtirgan mahsulotlarini sotgan sitsiliyalik fermerlar tufayli paydo boʻlgan. Ular tushlik vaqtida doʻkonga kirib, salyami, vetchina, pishloq, zaytun salati va italyancha nonni xarid qilishgan. Ular Sitsiliya uslubida, qutilar yoki bochkalar ustida oʻtirib, mahsulotlarni tizzalariga qoʻygan holda alohida-alohida tanovul qilishgan. Marining otasi Sitsiliya anʼanalariga zid ravishda nonni kesib, boshqa mahsulotlarni sendvich tarzida nonning ichiga qoʻyishni taklif qilgan. Koʻp oʻtmay, fermerlar tushlikka kelib, shunchaki „mufulettes“ soʻraydigan boʻlishshdi[6].

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu nom „muffe“ („mogʻor“, „zamburug“)ning kichraytirilgan shakli deb hisoblanadi, ehtimol, dumaloq sendvich va non qoʻziqorin shapkachasini eslatadi; yoki muffola, yaʼni „muff, mitt“, yaʼni „mufta“, „qoʻlqop“ soʻzidan kelib chiqqan[7][8]. Muffoletta soʻzining shakllari va iteratsiyasi asl Sitsiliya tilining zamonaviy italyan tili shakllari hisoblanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lempert, Phil „Is the best sandwich in America the muffaletta?“ (deadlink). Today. MSNBC (17-sentabr 2007-yil). — „The secret ingredient, besides the special recipe for the sesame bread, is Central Grocery’s homemade olive spread.“. 9-noyabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2010-yil. (Wayback Machine saytida 6-aprel 2012-yil sanasida arxivlangan)
  2. „An Inman Square Gem Will Serve Gigantic Sandwiches at Fenway's New Food Hall“. eater.com (26-iyun 2019-yil).
  3. Aleks Kramer. Ulichnaya eda: resepti blyud sovremennogo strit-fuda, 2019. - ISBN 5041109788, 9785041109783
  4. Orchant, Rebecca. „The Muffuletta: New Orleans' Original Italian Sandwich“. Oath Inc. (12-fevral 2013-yil).
  5. „1906: The muffuletta is created in New Orleans“. NOLA Media Group (10-oktabr 2011-yil).
  6. Kulinarnaya ensiklopediya. Tom 22. M-N (Mostarda — Nalivka). — M: „Komsomolskaya pravda“, 2016
  7. Ayto, John. The Diner's Dictionary: Word Origins of Food and Drink. OUP Oxford, 18-oktabr 2012-yil. ISBN 9780199640249. 
  8. Soukhanov, Anne H. „The American Heritage Dictionary of the English language, 3rd Ed, Auto-Graphic, Inc,: Dictionary of English Language“. Bukupedia (10-iyun 2010-yil). [sayt ishlamaydi]