Moxora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Moxora, noʻxat shoʻrva — suyuq taom. Qoʻy yoki mol goʻshtini boʻlaklarga boʻlib, suyaklari chopiladi, qozonga sovuq suv quyib, ivitib qoʻyilgan noʻxat bilan birga 1,5 soat davomida mildiratib qaynatiladi. Qaynab chiqqach, yuzidagi koʻpigini olib, toʻgʻralgan piyoz, butun yoki boʻlaklarga boʻlingan sabzi bilan kartoshka solinadi, qaynatish sust olovda davom ettiriladi. Tuzini rostlab, har bir kosaga bir boʻlakdan goʻsht, sabzi va kartoshka solib, yuziga mayda toʻgʻralgan ukrop sepib, dasturxonga tortiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil