Moshe Schnitzer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Moshe Schnitzer
Tavalludi 1921-yil
Vafoti 2007-yil, 16-avgust (86 yoshida)
Isroil
Fuqaroligi Isroil
Kasbi Olmos savdogari, tadbirkor
Unvoni Isroil olmos birjasi prezidenti (1967—1993-yillar)
Bolalari Shmuel Schnitzer (oʻgʻli), Dan Gertler (nabirasi)

Moshe Schnitzer – Isroilga kelgan ruminiyalik yahudiy savdogar boʻlib, xalqaro olmos savdosining asosiy ishtirokchisiga aylangan. U 1921-yil 16-avgustda tugʻilgan. 1967-yildan 1993-yilgacha dunyodagi eng yirik olmos kompaniyasiga aylangan Isroil olmos birjasiga prezidentlik qilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Schnitzer 1921-yilda Chernovitsida, keyinchalik Ruminiyada yashagan. U 1934-yilda Britaniya hukmronligidagi Falastinga koʻchib oʻtgan. Quddusdagi Ibroniy yahudiy universitetida tarix va falsafa sohasida oʻqigan.

1942-yilda otasining tashabbusi bilan u olmos biznesiga kiradi. U universitetni noroziliklarga qaramay tark etadi va olmosni parlatish zavodida ishlaydi. Schnitzer Tel-Avivdagi Pikel zavodida arralash va kesishni oʻrganadi hamda u yerda 1944-yilda ish boshqaruvchi lavozimida ishlaydi. 1945-yilda u Shlomo Vinikov bilan Falastindagi olmos sanoatini rivojlantirish jamiyati tashkil qiladi. 1944-yilda HaYahalom (Olmos) nomli sanoat jurnaliga asos soladi va oʻzi nashriyotchi boʻladi[1]. 1946-yilda Schnitzer va Elhanan Halperin ibroniycha koʻrsatmalar asosida Olmos (Yahalomim) bilan hamkorlikda kitob yozadi[2].

Shu bilan birga Schnitzer, Falastinda yahudiy davlatini barpo etmoqchi boʻlgan sionist harbiylashtirilgan guruh tarkibida Irgunda jang qilgan. U yerdagi rahbarlar bilan oʻrnatgan aloqalari unga kelgusi biznes ishlarida yordam berdi. U 1941-yilda Irgun aʼzosi boʻlgan va 1948-yilda armiya tarkibiga qoʻshilgandan keyin Isroil armiyasining askari sifatida lavozimga tayinlangan[1].

1947-yilda u mamlakatdagi barcha olmos institutlarini birlashtirish loyihasida qatnashdi va Isroil olmos birjasi (ISDE) asoschilaridan biriga aylandi[1]. Schnitzer 1949-yilda ISDE vitse-prezidenti etib saylangan[1]. Schnitzer hamkorlari bilan birga 1952-yilda Schnitzer-Greenstein firmasiga asos soldi. 1960-yilda u oʻgʻli Shmuel Schnitzer va kuyovi Shai Shnitser bilan oʻzining M. Schnitzer & Co firmasini ochdi.

Isroil olmos birjasi prezidenti[tahrir | manbasini tahrirlash]

IDE Diamond Tower, 1992-yilda ochilgan

1967—1993-yillar Schnitzer Isroil olmos birjasining prezidenti boʻlgan. Uning uzoq, samarali faoliyati davomida birja xalqaro bozorga nisbatan kam mavqega ega tashkilotdan jahon miqyosidagi eng yirik va eng zamonaviy birjaga aylantirildi[3]. Isroilda qayta ishlab chiqarilgan, sayqallangan olmoslarning bir yillik eksporti uning davrida 17 baravarga oʻsib, 200 million dollardan 3,4 milliard dollargacha ortdi.

Tegishli tadbirlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Schnitzer 1968—1972 hamda 1978—1982-yillarda Butunjahon olmos birjalari federatsiyasi (WFDB) prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. U 1982-yilda Bar-Ilan universitetida iqtisodiy va ijtimoiy soha boʻyicha qator mavzularda akademik tadqiqotlarni moliyalashtirishga qaratilgan Schnitzerning Isroil iqtisodiyoti va jamiyatini tadqiq qilish fondi tashkil etishga bosh masul hisoblangan[4]. Schnitzer 1986-yilda Ramat Gan shahrida Harry Oppenheimer olmos muzeyini tashkil qilishni rejalashtirgan va 2003-yil iyulgacha muzey boshligʻi boʻlgan.

Diplomatik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning faoliyatida bir qancha siyosiy jihatlar ham mavjud edi. Isroil bosh vazirlari Yitzhak Rabin va Golda Meir Sovet Ittifoqi bilan olmos savdosida muzokara qilish niqobi ostida xabarlarni yetkazish uchun Schnitzerdan foydalanganlar. Hindiston Indira Gandi davrida Isroil siyosatini kuchli tanqid qilgan va 1984-yilda uning oʻlimidan keyin ham oʻzaro dushmanlik saqlanib qolgan. Shundan keyin Hindiston 1986-yil iyul oyida Butunjahon olmos birjalari federatsiyasiga aʼzo boʻlish uchun ariza berganida, Moshe Schnitzer tomonidan Isroil Hindistonni qabul qilishga qarshi ekanligi bildirilgan. Biroq, keyingi oy Isroil olmos birjasining rasmiy aʼzolari ariza rad etilmaganini aytishadi[5].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moshe Schnitzer 2004-yilda Isroil mukofoti bilan taqdirlangan. Bu Isroilning eng oliy fuqarolik mukofoti edi[6]. Mukofot “Isroil davlati va Isroil jamiyatiga alohida qo'shgan hissalari uchun” deb taqdim etilgan. Bu bilan Isroil uni davlatni dunyodagi asosiy olmos ishlab chiqarish markazlaridan biriga aylantirishdagi muhim rolini tan olgan[7]. Shu qatorda, u xalqaro olmos sanoatiga qo‘shgan hissasi uchun Belgiya qiroli Leopold ordeni bilan mukofotlangan. Unga yana Bar-Ilan universitetining faxriy doktorlik unvoni berilgan. Ramat Gandagi olmos almashinuvi bilan tutashgan maydon Moshe Schnitzer Plazasi deb nomlangan.

Vafoti va merosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Schnitzer 2007-yil avgust oyida vafot etdi. Uning dafn marosimida Isroil sobiq bosh vaziri Benyamin Netanyahu, sobiq bosh ravvin Isroil Meir Lau va boshqa taniqli kishilar ishtirok etdi. 2008-yil may oyida Shanxayda bo'lib o'tgan Butunjahon olmos kongressining ochilish marosimida Isroil olmos birjasi u vafotidan so'ng tarixda birinchi marta Diamanter yil mukofotini oldi[8]. Uning oʻgʻli Shmuel Schnitzer IDE va WFDB prezidenti boʻldi. Uning nabirasi Dan Gertler Afrikadagi olmos biznesida mashhur boʻlib, katta hissa qoʻshgan. Gertler oʻz oila aʼzolari ichidan birinchi boʻlib sayqallangan toshlar bilan emas, balki qoʻpol olmoslar ustida ishlagan. Bu Shmuel Schnitzerning Isroilni Belgiyaning Antverpen shahrini dunyodagi eng yirik olmos markazi sifatida siqib chiqarishga boʻlgan intilishlarini kuchaytirgan[9][10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Israel Diamond Exchange, The Fourth President– Moshe Schnitzer, of blessed memory, accessed 26 March 2018
  2. David De Vries. Diamonds and War: State, Capital and Labor in British-Ruled Palestine. Berghahn Books, 2010 — 285 bet. ISBN 978-1-84545-633-7. 
  3. „Mr. Moshe Schnitzer“. The Schnitzer Foundation for Research on the Israeli Economy and Society. 2018-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-noyabr.
  4. „About the Foundation“. The Schnitzer Foundation for Research on the Israeli Economy and Society. 2017-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-noyabr.
  5. Jacob Abadi. Israel's quest for recognition and acceptance in Asia: Garrison State diplomacy. Psychology Press, 2004 — 216 bet. ISBN 0-7146-5576-7. 
  6. „Moshe Schnitzer passes away“. Diamond World (2007-yil 17-avgust). 2018-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-noyabr.
  7. Rob Bates. „Israel Honors Moshe Schnitzer“. JCK magazine (2004-yil iyun). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-noyabr.
  8. „MOSHE SCHNITZER – WFDB'S 1ST DIAMANTAIRE OF THE YEAR“. Tacy Ltd. Diamond Industry Consultants (2008-yil 14-may). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-noyabr.
  9. Nicole Gaouette. „Inside Israel's diamond trade: a family affair“. Christian Science Monitor (2002-yil 21-fevral). Qaraldi: 2011-yil 19-noyabr.
  10. „Moshe Schnitzer, 1921-2007“. Modern Jeweler (2007-yil sentyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-noyabr.