Morena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Morena (frans. moraine) — muzliklar erib chekingandan keyin qolgan togʻ jinslari uyumi. Gʻoʻlatoshlar, palaxsa toshlar, shagʻal, gil, qum shaklida boʻladi. M.lar siljiydigan (harakatdagi) va yotqizilgan (qoʻzgʻalmas)larga boʻlinadi. Siljiydigan M.lar togʻmuzliklarida xrsil boʻladi. Ular ustki, ichki va quyi M.larga boʻlinadi. Ustki M. chaqiq jinslardan hosil boʻladi. Ichki M. muz qatlami orasida yotadi. Ustki va ichki M.lar muz krplamlari uchun xos emas. Quyi M. togʻ muzliklari, shuningdek, muz krplamlarida uchraydi. Siljiydigan M. muzlik bilan birgalikda harakat qiladi. Yotqizilgan M. muzlik erigandan keyin parchalangan jinslardan hosil boʻladi va M. marzalari va tag M.ga, ular esa, oʻz navbatida, boʻylama, chekka qirgʻoq M. lari va b.ga boʻlinadi. Togʻli oʻlkalarda yotqizilgan M. mayda jinslar, tuproq aralashgan harsang toshlar holida uchraydi. Mlarni oʻrganish ular bilan bogʻliqboʻlgan konlarni topish va muzlik boʻlgan joylarni aniqlashda ahamiyatga ega. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil