Mitti marmoseti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mitti marmoseti (lotincha: Cebuella pygmaea)[1]  — marmosetlar (Callitrichidae) oilasiga mansub primatlar. Bu eng kichik primatlardan biri. 2018-yilda molekulyar genetik maʼlumotlarga asoslanib, oppoq pastki qismlari bilan ajralib turadigan Cebuella niveiventris („sharqiy mitti marmoset“) tur tarkibidan ajratilgan[2][3]; C. pygmaea deganda, o‘z navbatida, „g‘arbiy mitti marmoset“ tushuniladi (inglizcha: Western Pygmy Marmoset). Garchi g‘arbiy mitti marmoset sharqiydan ko‘ra g‘arbiyroqda joylashgan bo‘lsada, ularning areallarini ajratib turuvchi asosiy to‘siqni Amazonka (Solimoyns) va Maranyon daryolari tashkil qiladi (g‘arbiy marmoset ulardan shimolda, sharqiy esa janubda yashaydi)[2].

2008-yilgi IUCN Qizil kitobining bahosiga ko‘ra, mitti marmoset „Eng kam tashvishli“ (inglizcha: Least concern, LC) toifasiga kiritilgan. C. niveiventris ajratib chiqarilganidan keyin o‘tkazilgan 2020 va 2021-yillardagi baholarda, ikkala tur ham „Zaif“ (inglizcha: Vulnerable species, VU) deb belgilangan. O‘rmonlarni kesish, foydali qazilmalar qazib olish, yog‘ palmalarini yetishtirish, aholi punktlarini qurish va ovchilik kabi inson faoliyati natijasida maydonning davomiy qisqarishi va yashash muhitining yomonlashishi taxdidlar orasiga kiradi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Соколов В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Млекопитающие. Латинский, русский, английский, немецкий, французский. / под общей редакцией акад. В. Е. Соколова. — М.: Рус. яз., 1984. — С. 86. — 352 с. — 10 000 экз.
  2. 2,0 2,1 Boubli J. P., da Silva M. N. F., Rylands A. B., et al. How many pygmy marmoset (Cebuella Gray, 1870) species are there? A taxonomic re-appraisal based on new molecular evidence(ingl.) // Molecular Phylogenetics and Evolution : journal. — 2018. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр. — ISSN 1055-7903. — DOI:10.1016/j.ympev.2017.11.010.
  3. Cebuella pygmaea (Spix, 1823) (англ.) в базе данных Американского общества маммалогов (ASM Mammal Diversity Database).
  4. Cebuella pygmaea (англ.). The IUCN Red List of Threatened Species. Дата обращения: 12 сентября 2021 г.