Mirzasulton Mamatqosimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mirzasulton Abduraimovich Mamatqosimov
Tavalludi 1967-yil
Zomin tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 27-aprel 2021-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi fizik olim
Sohasi fizika
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Mirzasulton Abduraimovich Mamatqosimov (1967-yil, Zomin tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2021-yil 27-aprel, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirzasulton Mamatqosimov 1967-yil Zomin tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. 1991-yilda Toshkent davlat universiteti fizika fakultetini tugatgan. 1995—2021-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti ilmiy xodimi, direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan[1].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirzasulton Mamatqosimov 2021-yil 27-aprelda vafot etgan[1][2].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirzasulton Mamatqosimov 1992—1995-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Fizika-Quyosh“ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika instituti aspiranturasida tahsil olgan. 1999-yilda „Yuqori temperaturali quyosh qurilmalari koʻzgularini yustirovka va nazorat qilish usullarini ishlab chiqish“ mavzusida nomzodlik, 2017-yilda „Katta Quyosh pechi va boshqa energetik qurilmalar samaradorligini oshirish uchun ularning ko‘zguli mujassamlashtiruvchi tizimlarini optimizatsiyalash“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 80 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 
  2. „Xotira: 2021-yil ilm-fan yo'qotishlari“ (2021-yil 30-dekabr).

Andoza:OʻTOE