Kontent qismiga oʻtish

Mirʼot us-safo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“Mirʼot us-safo” (“Soflik oynasi”) – Amir Xusrav Dehlaviyning qasidasi. 1297-yilda yozilgan. Falsafiy-axloqiy mavzuda. Xoqoniy Shirvoniyning “Qasidai shiniya (qofiyalarning oxirgi harfi “sh” boʻlganiga ishora) qasidasiga javob tarzida bitilgan. Ushbu qasidaga Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Yusuf Badeʼiy, turk shoiri Nafʼiy javob yozgan.

Alisher Navoiy ushbu asar nomini “Muhokamat ul-lugʻatayn”da oʻz asarlariga asos boʻlgan manbalar qatorida tilga oladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at.