Ming Oyim madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Ming Oyim
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Fargʻona
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki
Madrasa turi Katta
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Umarxon
Asosiy sana:
Holati saqlanib qolmagan

Ming Oyim madrasasi - Qoʻqonda saqlanib qolmagan madrasa. 1809-yilda Qoʻqon xoni Umarxon onasi xotirasiga bagʻishlab Qoʻqon shaxrida Xilbatulla Xoja maxallasida barpo ettirgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa bunyod qilingan yili Umarxon unga vaqf mulki taʼsis qilgan. Vaqfnomaga Norboʻtaxon, Umarxon, Muxammad Alixon va oʻsha davr qozilari muxr bosgan. Madrasa vaqfnomasi maʼlumotlariga asoslanganda, Ming Oyim madrasasiga shaxarda 1 ta karvonsaroy va 19 ta doʻkon vaqf qilib berilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Alimov I. A.. Qoʻqon xonligi madrasa va maktablari tarixi. Toshkent: Fan, 2017 — 302 bet. ISBN 978-9943-19-405-2.