Mindanao

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mindanao — Filippin arxipelaginingjan.dagi orol. Kattaligi boʻyicha Luson o.dan keyin 2-oʻrinda. Mayd. 94,6 ming km2. Relyefida eng baland joyi 2954 m boʻlgan vulkan massivlari bilan pasttekisliklar almashinib keladi. M. murakkab konfiguratsiyam ega, yirik qoʻltiqlar va tor, okean ichiga uzoq kirib borgan yarim orol koʻp. Zamini slanets, qumtosh, ohaktosh, bazalt jinslaridan tuzilgan. Seysmik faol, harakatdagi vulkanlar bor. So-hilboʻyi pasttekisliklari va yirik togʻ oraligʻidagi vodiylar botqoqlashgan. Koʻmir, temir rudasi va rangli metall konlari topilgan. Iklimi subekvatorial, mussonli, jan.

da ekvatorial iqlim, havo t-rasi yil boʻyi tekisliklarda 25—28°. Yillik yogʻin 1000 mm dan 4000 mm gacha. Asosiy da-ryolari — Mindanao, Pulangi va Agusan. Tropik va mussonli oʻrmonlar, sohil qismida mangra oʻrmonlari usadi. Kokos palmasi plantatsiyalari bor, sholi ekiladi, ananas yetishtiriladi. M.da Davao, Zamboanga sh.lari joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil