Mickey Mouse

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mickey Mouse
Ilk bora koʻringan Steamboat Willie (1928)
Muallif(lar) Walt Disney
Ub Iwerks
Ovoz bergan(lar) Walt Disney (1928–1947, 1955–1962)
Carl W. Stalling (1929)
Jimmy MacDonald (1947–1978)
Wayne Allwine (1977–2009)[1]
Bret Iwan (2009–hozirgacha)
Chris Diamantopoulos (2013–hozirgacha)
Umumiy maʼlumotlar
Turi sichqon
Jinsi erkak
Aloqador boshqa obraz(lar) Minnie Mouse

Mickey Mouse (talaffuzi: Mikki Maus) 1928-yilda Walt Disney va Ub Iwerks tomonidan yaratilgan multfilm qahramonidir. The Walt Disney Company kompaniyasining eng taniqli qahramoni boʻlgan Mickey shaxslashtirilgan sichqondir. U odatda qizil shorti, katta oʻlchamli sariq oyoq kiyim va oq qoʻlqopda tasvirlanadi. Personajning nomi avvalboshda „Mortimer Mouse“ (talaffuzi: Mortimer Maus) boʻlishi rejalashtirilgan, ammo Walt Disneyning rafiqasi Lillian taklifiga binoan hozirgi nomga oʻzgartirilgan. Mickey jahonning eng taniqli xayoliy personajlardan biri hisoblanadi.

1928-yilning 15-mayida Mickey Mouse haqidagi ilk qisqa metrajli film — Plane Crazy („Telba uchoq“) chiqarildi. Ushbu film ovozsiz boʻlgan. 1978-yilda Mickey Hollywoodning Shon-shuhrat xiyobonida oʻz yulduziga ega birinchi multfilm personajiga aylandi.

Mickey koʻp hollarda animatsion filmlarda qiz doʻsti Minnie Mouse, iti Pluto, doʻstlari Donald Duck va Goofy hamda ashaddiy dushmani Pete bilan birgalikda paydo boʻladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Voice of Mickey Mouse dies – ABC News (Australian Broadcasting Corporation)“. Abc.net.au (2009-yil 21-may). Qaraldi: 2012-yil 8-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]