Menyer kasalligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Menyer kasalligi - ichki quloq kasalligi, bunda endolimfa suyukligi koʻpayib, ichki quloq bosimi oshadi. Kasallik dambadam kuchli bosh aylanishi bilan oʻtadi. Menyer kasalligida bemorning koʻngli behuzur boʻlib, qayt qiladi, baʼzan qulogʻi shangʻillab, yaxshi eshitmaydi; xuruj vaqtida bemor oʻzini idora qila olmay qoladi, yurolmaydi va hatto oʻtirolmaydi. Xurujdan soʻng u, odatda, oʻzini sogʻ sezadi, biroq buni sogʻayish deb boʻlmaydi. Kasallik xuruji qaytarilib turadi (haftada yoki oyda 1-marta). Xuruj takrorlangani sari bemor sekin eshita boshlaydi va bora-bora kar boʻlib qolishi mumkin. Ichki quloq yalligʻlanganda, miya va miyacha zararlanganda va boshqa kasalliklarda ham shunga oʻxshash hodisalar roʻy beradi. Bunday alomat paydo boʻlganda darhol vrachga koʻrinish va vaqtida davolanish zarur.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil