Mentol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mentol, 3-l-mentanol, S10N20O — yalpiz hidli, taxir mazali rangsiz kristall. Mol.m. 156, 26. 4 ta izomeri bor. Spirt, efir, xlorofrom, benzol, skipidar, sirka kislotada yaxshi, suvda yomon eriydi. M. kimyoviy reaksiyaga faol kirishadi. Sanoatda choʻl yalpizi moyidan olinadi. Sintetik yoʻl bilan ham olish mumkin. Oziq-ovqat sanoatida likyor, konfet i.ch.da, atir-upa, tish yuvish vositalari tayyorlashda, farmatsevtikada validol va bormentol olishda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil