Meningokokk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Meningokokk (yun meninx, raeningos — miya qobigʻi va kokkos — don) — epidemik serebrospinal meningit kasalligini qoʻzgʻatuvchi mikroorganizm; kokklarta kiradi, juft sharsimon (diplokokk) koʻrinishda boʻladi. M.lar Neisseriaceae oilasi Neisseria urugʻiga mansub. M.ning (Neisseria meningitidis) sof kulturasini avstriyalik olim A. Vekselbaum 1887 y. meningit bilan ogʻrigan bemorning orqa miya suyukligidan ajratib olgan. M.lar tashqi muhit va dezinfeksi-yalovchi eritmalar taʼsiriga chidamsiz. Tabiiy sharoitda M.larga hayvonlar chidamli. M.ning , asosan, A va V guruhlari koʻp uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil