Mekteb-i Tibbiye-i Shahane haqida ma'lumot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mekteb-i Tıbbiye-i Şahane[tahrir | manbasini tahrirlash]

Üsküdar, Selimiye shahridagi Tıbbiye koʻchasida joylashgan Mekteb-i Tıbbiye-i Shahane, Sulton II Abdulhamid Xon tomonidan qurilgan. Bu Abdulhamid Xon tomonidan qurilgan birinchi tibbiyot maktabidir. Uning qurilishi 1894-yilda boshlangan va 1903-yilda yakunlangan. Binoning ochilishi 1903-yil 6-noyabr juma kuni Sulton II Abdulhamid Xonning tugʻilgan kunida boʻlib oʻtgan.[1]

Binoning meʼmoriy dizayni oʻsha davrning yetakchi meʼmorlari boʻlgan Aleksandr Vallauri va Raimondo D'Aronkoga tegishli. Bino Haydarpasha harbiy kasalxonasi va Selimiye kazarmasining arxitektura uslubiga mos ravishda 80 ming kvadrat metr maydonda qurilgan. U 54 ming kvadrat metr qurilish maydoniga ega boʻlib, toʻrt tomondan yoʻlaklar bilan oʻralgan toʻrtburchak ichki hovliga ega.

Mekteb-i Tıbbiye-i Shahane 1903-1909 yillar oraligʻida Harbiy tibbiyot maktabi boʻlgan boʻlsa, undan keyin fuqarolik tibbiyot maktabi sifatida ham xizmat qildi. Jarrohlik xonalarini ham oʻz ichiga olgan Mekteb-i Tıbbiye-i Shahane, botanika bogʻi va dorivor oʻsimliklari bilan farmatsevtlar tayyorlashga ham hissa qoʻshgan. Bino atrofida veterinariya maktabi tashkil etilgan. Uning qarshisida joylashgan Haydarpasha harbiy kasalxonasi yer osti tunnel va temir yoʻl tizimi orqali maktab binosi bilan bogʻlanib, talabalar uchun oʻquv kasalxonasi sifatida ishlatilgan. Nemis, fransuz va turk tillarida ta’lim beriladigan ushbu tibbiyot bilim yurtidan juda qimmatli siyosatchilar va olimlar yetishib chiqqan.

Mekteb-i Tıbbiye-i Şahane

Mekteb-i Tıbbiye-i Shahane binosi hozirda Sogʻliq Bilimlari universiteti tomonidan foydalanilmoqda.

Marmara University’s Haydarpaşa Campus, İstanbul
Abdulhamid II

[2]

Mekteb-i Tıbbiye-i Şahane
  1. „Tarihçemiz“.
  2. „Tarihçemiz“. 2018-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.