Mehmet Ekici

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mehmet Ekici
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mehmet Ekici
Tavallud sanasi 25-mart 1990-yil (1990-03-25) (34 yosh)
Tavallud joyi Munich, Gʻarbiy Germaniya
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995—1997 SpVgg Unterhaching
1997—2009 Bayern Munich
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2010 Bayern Munich II 70 (18)
2010—2011 Bayern Munich 0 (0)
2010—20111. FC Nürnberg (Ijara) 32 (3)
2011—2014 Werder Bremen 41 (4)
2014—2017 Trabzonspor 62 (16)
2017—2020 Fenerbahçe 38 (3)
Milliy terma jamoa
2007 Germaniya U17 3 (0)
2007 Germaniya U18 1 (2)
2008 Germaniya U19 1 (0)
2009 Germaniya U20 4 (1)
2010 Germaniya U21 3 (0)
2010—2015 Turkiya 12 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-mart 2020-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (8-iyun 2018-yil uchun)

Mehmet Ekici (1990-yil 25-martda tugʻilgan) turkiyalik futbolchi, oxirgi marta „Fenerbahche“da yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

U faoliyati davomida Bremenning „Werder“, "Nyurnberg „, “Bavariya" va „ Trabzonspor“[1] klublarida oʻynagan. Germaniyada tugʻilgan Ekici, 17 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan Germaniya milliy futbol jamoasida oʻynagan keyinchalik Turkiya sharafini himoya qilgan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bavariya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ekici "Bavariya "ning asosiy jamoasi safida 2008yilda Superkubogda debyut qilgan[2]. U 2008-09 va 2009-10-yilgi mavsum UEFA Chempionlar Ligasi uchun „Bavariya“ tarkibiga kiritilgan[3]. 2010-yilning yanvarida Ekici 2009-10-yilgi mavsumning qolgan qismida zaxiradagi jamoadoshlari David Alaba va Diego Kontento[4] bilan birga asosiy jamoa bilan mashgʻulot oʻtkazishi eʼlon qilingan. U 2009—2010-yilgi mavsumda zahira jamoasi safida 29 oʻyinda 12 gol urgan[5]. Jarohat tufayli futbolni maʼlum bir muddatga tark etgunga qadar, u asosiy jamoaning bir nechta oʻyinlarida tarkibga kiritilgan.

Nürnberg (Ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil iyul oyida u 1-Bundesliga jamoasi „Nyurnberg“ga qoʻshilgan va bir mavsumlik ijara shartnomasi imozlangan[6].

Werder Bremen[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilning 18-mayida[7] Ekici 5 million yevro evaziga „Werder“ga oʻtgan[8]. U Bremendagi ilk golini 17-sentyabr kuni sobiq jamoasi darvozasiga kiritgan. Oʻyin 1-1 durang bilan yakunlangan. 2013-yil 1-sentabrda u ikkita gol urib, jamoasini VfB Shtutgart ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonishiga hissa qoʻshgan[9].

Trabzonspor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ekici 2014-yilning 15-avgustida 1,5 million yevro evaziga „Trabzonspor“ga oʻtgan[10][11]. U 2014-yilning 31-avgustida „Kayseri Erciyesspor“ga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazgan va oʻyin 0:0 hisobida durang bilan yakunlangan[12].

U 2016-17-yilgi mavsum oxirida shartnomasi tugagach, klubni tark etgan. „Trabzonspor“da oʻz vaqtida 83ta oʻyinda maydonga tushib, barcha musobaqalarda 16ta gol urgan[13].

Fenerbahche[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 5-iyun kuni Fenerbahche SK Ekici bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[14].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U tugʻilib oʻsgan mamlakati Germaniyani yoshlar va U21 toifalarida himoya qilgan boʻlsa-da, Turkiya terma jamoasida kattalar darajasida oʻynashni tanlagan[15][16]. U Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun Gus Hiddink tomonidan turk terma jamoasiga chaqirilgan. 2011-yil 29-martda Ekici Avstriyaga qarshi oʻzining birinchi yirik xalqaro oʻyinida Turkiya sharafini himoya qilgan, u oʻng qanotda turkiyalik oʻyinchi Arda Turan bilan tandem hosil qilgan, natijada Turkiya oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan va UEFA ligasiga yoʻlanmani qoʻlga kiritgan. 2012-yilgi saralash oʻyinlarida Ekici murabbiy Guus Hiddink bilan birga 1-oʻringa chiqib olgan[17].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Bayern Munich II 2007-08 Regionalliga Süd 9 0 9 0
2008-09 3. Liga 32 6 32 6
2009-10 29 12 29 12
Jami 70 18 70 18
1. FC Nürnberg (Ijara) 2010-11 Bundesliga 32 3 4 1 36 4
Werder Bremen 2011-12 Bundesliga 21 1 1 0 22 1
2012-13 9 2 0 0 9 2
2013-14 11 1 1 0 12 1
Jami 41 4 2 0 43 4
Trabzonspor 2014-15 Süper Lig 29 9 6 0 7 1 42 10
2015-16 18 4 2 0 2 1 22 5
2016-17 15 3 4 0 19 3
Jami 62 16 12 0 9 2 83 18
Fenerbahçe 2017-18 Süper Lig 9 0 2 0 0 0 11 0
2018-19 21 3 3 2 1 0 25 5
2019-20 5 0 4 0 0 0 9 0
Jami 35 3 9 2 1 0 45 5
Karyerada jami 239 44 27 3 10 2 277 49

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Bavariya"

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mehmet Ekici“ (olmoncha). 1. FC Nürnberg. 2008-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyul 2010-yil.
  2. „Borussia edge T-Home Supercup against FCB“. Bayern Munich (24-iyul 2008-yil). 2010-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2008-yil.
  3. „Vote for your stars of 2008“. UEFA. 2008-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentabr 2009-yil.
  4. „Alaba, Ekici and Contento give it their best shot“. Bayern Munich (9-yanvar 2010-yil). 2010-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2010-yil.
  5. „Der Club leiht Ekici aus“ (olmoncha). kicker Online (2-iyul 2010-yil). Qaraldi: 5-iyun 2017-yil.
  6. „Der Club leiht Ekici aus“ (olmoncha). kicker Online (2-iyul 2010-yil). Qaraldi: 5-iyun 2017-yil.
  7. „Milli futbolcu resmen Werder Bremen'de“ (turkcha). Hürriyet (18-may 2011-yil). 2008-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2011-yil.
  8. „Promising Turkish midfielder Mehmet Ekici to Werder Bremen“. nationalturk.com (18-may 2011-yil). 2008-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2011-yil.
  9. „Back-back wins for Bremen“. Sky Sports (2-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 7-iyun 2017-yil.
  10. „Trabzonspor Mehmet Ekici'yi borsaya bildirdi“ (turkcha). Eurosport Turkey (15-avgust 2014-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2014-yil.
  11. „Mehmet Ekici, Trabzonspor için geldi“ (turkcha). Milliyet (16-avgust 2014-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2014-yil.
  12. „Trabzonspor'dan sessiz başlangıç!“ (turkcha). Takvim (31-avgust 2014-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2014-yil.
  13. „Ekici schließt sich Fenerbahçe an“ (olmoncha). Weser-Kurier (5-iyun 2017-yil). Qaraldi: 5-iyun 2017-yil.
  14. „Ekici schließt sich Fenerbahçe an“ (olmoncha). Weser-Kurier (5-iyun 2017-yil). Qaraldi: 5-iyun 2017-yil.
  15. „Mehmet Ekici'ye Milli Takım yolu açıldı“ (turkcha). TTF (29-oktabr 2010-yil). 2008-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-oktabr 2010-yil.
  16. „Mehmet Ekici Türkiye dedi“ (turkcha). ntvspor.net (29-oktabr 2010-yil). 2008-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-oktabr 2010-yil.
  17. „Hollanda kadrosu açıklandı“ (turkcha). ntvspor.net (12-noyabr 2010-yil). 2008-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2010-yil.