Meals on Wheels

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shukrona bayramidan lavha ( AQSh 2011-yil)

Meals on Wheels - dastur insonlarga buyurtma asosida taom yetkazib berish hizmatini amalga oshiradi. Dastur ko'pincha uyga taom etkazib bersh vazifasini bajaradi, lekin boshqa taom yetkazib berish hizmatlarining hammasi ham "Meals on Wheels" deb nomlanmagan. Taom buyurtma qiluvchilarning ko'pchiligi keksalar lekin ko'ngilli yetkazib beruvchilarning ko'pchiligi mashina boshqara oladigan yoshlar. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, uyga yetkazib beriladigan ovqatlanish dasturlari parhez jarayonini sezilarli darajada yaxshilaydi, oziq-ovqat xavfsizligini oshiradi va qabul qiluvchilar orasida ovqatlanish tizimini yaxshilaydi[1][2]. Dastur sifatli taomlar yetkazib berish orqali jamiyatning ko'p qismini sog'lom ovqatlanish tizimiga o'tkazish va davlatning kasalxonalarga sarf qilayotgan harajatlarining bir qismini kamaytirishga o'z hissasini qo'shadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meals on Wheels dasturi Buyuk Britaniyada Ikkinchi Jahon urushi davrida paydo bo‘lgan, o‘shanda ko‘p odamlar o‘z uylaridan ayrilgan va shuning uchun o‘z taomlarini tayyorlash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Fuqarolik huquqi bo‘yicha tashkil etilgan Ko‘ngilli Ayollar Xizmati (Women's Volunteer Service) urush vaqtida uylaridan ajralgan odamlarni oziq-ovqat bilan ta’minladi. "Meals on Wheels" dastur nomi nomi aravachalar, aravalar, velosipedlar, avtomobillar va boshqa g'ildirakli transport vositalarida ovqat olib kelish usulidan kelib chiqqan. O'zbek tilida " G'ildirakdagi Taomlar" ma'nosini anglatadi. Ovqatni o'zi tayyorlay olmaydiganlarga etkazib berish kontseptsiyasi asosan uydagi qariyalarga, ba'zan bepul yoki oz miqdordagi haq evaziga etkazib beradigan zamonaviy dasturlarga aylandi[3][4].

Buyuk Britaniya(1943-yil)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi Jahon Urushidan keyin uyga ovqatni birinchi marta etkazib berish 1943-yilda Hertfordshir shahrida WVS tomonidan amalga oshirildi, ovqatni issiq holatda yetkazib berish uchun kigiz matolaridan foydalanildi. Ushbu turdagi xizmatni har kuni belgilangan vaqtda tayyorlash uchun pazandachilik bo'yicha etarli bilimga ega ko'plab ko'ngillilarni talab qildi. Birlashgan Qirollikdagi aksariyat mahalliy hokimiyat organlari endi yangi pishirilgan oziq-ovqatlarni yetkazib berishdan voz kechib, yarim tayyor mahsulatlarni ya'ni muzlatilgan, oldindan chala pishirilgan, qayta isitiladigan ovqatlarni etkazib berishga o'tishdi[5]. British Medical Journal ma'lumotlariga ko'ra Meals on Wheels dasturining asoschilaridan biri Batterseadagi shifokor Harbans Lall Gulati[6] . Lekin bu haqidagi ma'lumotlar yetarli bo'lmagani uchun haligacha muhokamali mavzu hisoblanadi[7].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zhu, Huichen; An, Ruopeng (1 April 2013). "Impact of home-delivered meal programs on diet and nutrition among older adults: a review". Nutrition and Health 22 (2): 89–103. doi:10.1177/0260106014537146. ISSN 0260-1060. PMID 24916974. 
  2. /chief-says-meals-on-wheels-. 29-sentabr 2023-yilda qaraldi. 
  3. „Meals on Wheels“. mealsonwheels.org.au. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  4. The History of Meals on Wheels in the U.S. (Wayback Machine saytida 10 October 2008 sanasida arxivlangan), Meals On Wheels Association of America (MOWAA). Retrieved 10 October 2008.
  5. "Modernisation of the Community Meals Service" (Wayback Machine saytida 23 July 2011 sanasida arxivlangan), Walsall Council, UK. Retrieved 2 February 2009.
  6. "Obituary Notices". British Medical Journal 3 (5559): 246–248. 22 July 1967. doi:10.1136/bmj.3.5559.246. ISSN 0007-1447. PMC 1842524. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1842524. 
  7. Andoza:Cite ODNB(subscription required)