McDonald ko'li

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

McDonald koʻli — Glacier Milliy bogʻi[1] dagi eng katta koʻl hisoblanadi. U AQShning Montana (Wayback Machine saytida 2013-08-14 sanasida arxivlangan) shtatidagi Flathead[2] okrugida 48°35′N 113°55′W koordinatasida joylashgan. McDonald koʻlining uzunligi taxminan 10 mil (16 km), kengligi 1 mil (1,6 km) dan ortiq, chuqurligi esa 472 fut (130 m) boʻlib, vodiyni eroziya[sayt ishlamaydi] va muzliklar qoʻshilmasi bilan toʻldiradi. McDonald koʻli dengiz sathidan 3153 fut (961 m) balandlikda va Kontinental boʻlinishning gʻarbiy qismida joylashgan.

Quyosh yoʻli (Going-to-the-Sun-Road) koʻlning janubiy qismi boʻylab parallel holatda joylashgan. Koʻlning yuzasi 6823 akr (27,6 km²) ni tashkil etadi. McDonald koʻli koʻplab gulmohi (baʼzi manbalarda gulmoyi) va boshqa turdagi ov baliqlari uchun makon hisoblanadi. Ovlanadigan turlarga quyidagilar kiradi: Gʻarbiy yonbagʻir gulmohisi, kamalak gulmohi, koʻl gulmohisi, koʻl oqbaligʻi, togʻ oqbaligʻi va Kokan lososlari[sayt ishlamaydi]. Biroq, koʻlda ozuqaviy moddalar koʻp emas, shuning uchun bu yer baliq ovlash uchun asosiy joy hisoblanmaydi. Grizli ayiqlari[3], qora ayiq, loslar (bugʻular oilasiga mansub butoq shoxli hayvon) va xachirlar koʻl yaqinida ham uchraydi, lekin ular shimoliy qirgʻoqda koʻproq tarqalgan. Koʻl zich ignabargli oʻrmon bilan oʻralgan boʻlib, unda har xil turdagi archasimon daraxtlar, ignabargli archalar va tilogʻochlar ham oʻsadi.

Apgardagi koʻlning gʻarbiy qismida tashrif buyuruvchilar uchun cheklangan miqdordagi turar-joy va ovqatlanish joylariga ega Milliy Park Xizmati mavjud[4]. McDonald koʻlidagi turar-joylar koʻldagi eng kattasi boʻlib, Quyosh yoʻli boʻylab taxminan 5 mil (8 km) sharqda joylashgan. Ushbu turar-joylar 1913—1914-yillarda Shveysariya taʼsiridagi arxitekturaga ega sodda ov uyiga oʻxshatib qurilgan[5].

McDonald koʻlida temir moddasi koʻp boʻlgani sababli undagi toshlar yashil, qizil va koʻk ranglarda tovlanib turadi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Glacier National Park“ (inglizcha). wikipedia. Qaraldi: 9-noyabr 2022-yil.
  2. „Flathead okrugi“ (inglizcha). wikipedia. Qaraldi: 9-noyabr 2022-yil.
  3. „Grizli ayiqlari“ (ruscha). wikipedia. Qaraldi: 9-noyabr 2022-yil.
  4. „Apgar“ (inglizcha). visitmt.com. Qaraldi: 9-noyabr 2022-yil.
  5. „Lake McDonald valley“ (inglizcha). nps.com. Qaraldi: 9-noyabr 2022-yil.
  6. „Lake McDonald“ (inglizcha). indie88.com. Qaraldi: 9-noyabr 2022-yil.