Matritsa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Matritsa (lot. matrix — bachadon) —

1) metallurgiyada — metallarga bosim bilan ishlov berishda qoʻllaniladigan shtamplarning ish qismi. Matritsa sirtida tayyorlanadigan buyum (detal)ning qiyofasiga mos botiq (yoki teshik) boʻladi. Ana shu botiq (yoki teshik) ga shtampning ikkinchi qismi — puanson kiradi. Matritsa yaxlit yoki qismlarga ajraladigan qilib yasalishi mumkin;

2) matbaada — harf, rakam yoki belgining tasviri tushirilgan metall plastinka yoki taxtacha (brusok). Matritsaning shriftlar quyiladigan (qoʻlda harf terishda ishlatiladigan literalarni quyish uchun), satr quyiladigan (qarang Linotip) va harf quyiladigan (qarang Monotip) xillari boʻladi. Yuqori bosma qolipidan xoʻllangan karton yoki plastmassaga botirib tushirilgan chu-qur nusxa ham Matritsa deb ataladi. Bunday Matritsadan stereotiplar (qarang Stereotipiya) yoki galvanostereotiplar (qarang Galvanostereotipiya, Galvanotexnika) tay-yorlashda foydalaniladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil