Martinu Boguslav

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Martinu Boguslav (1890.8.12, Chexiyadagi Polichka sh. — 1959.28.8, Shvey-sariyaning Listal sh.) — chex kompozitori va sozandasi, 20-a. milliy kom-pozitorlik maktabi asoschilaridan. Chexiya FA aʼzosi (1931). Praga konservatoriyasida skripka, organ va kompozitsiyadan taʼlim olgan (1906—13). 1941—53 y.lari AQSH shaharlaridagi oʻquv yurtlarida dare bergan. Ijodiy uslubi ovozlarning erkin harakatlaridan iborat polifoniya, ritmik oʻtkir ohanglar, joʻshqinlik, shuningdek, kuchli kinoyali yumor, qahramo-nona dramatizm va vazmin lirikaga asoslangan simfonik tafakkurdan tashkil topgan. Ijodida opera (eng mashhurlari: "Julyetta", 1938; "Ariadna", 1958 va b.), balet ("Ishtar", 1924; "Shpalichek", 1933 va b.), oratoriya ("Gilgamesh", 1955) va kantata ("Chex rapsodiyasi", 1918; "Dala messasi", 1938) janrlari ustuvor oʻrin tutadi. Shu bilan birga, "Liditse haykali" nomli simfonik marsiya (1943), 6 ta simfoniyasi (1942—1953), fortepiano va orkestr uchun 5 ta konserti (1925—56), qator oʻzga partituralari M.ni simfonizmning yirik namoyandasi darajasiga koʻtargan. Bularda kompozitor chex folklori va eng zamonaviy ijodiy uslublarni uzviy bogʻlashga muyassar boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil