Marcelo Vieira

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marselo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marcelo Vieira da Silva Júnior
Tavallud sanasi 12-may 1988-yil (1988-05-12) (35 yosh)
Tavallud joyi Rio-de-JaneyroBraziliya bayrogʻi Braziliya
Boʻyi 174 sm
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Marcelo Vieira Real Madrid
Raqami 12
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2005 Fluminense
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2006
2006 — hz.
Fluminense
Real Madrid
(30 (6)
136 (13))
Milliy terma jamoa
2006 — hz. Braziliya (13 (4))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Marselo Vieyra da Silva Junior (portugalcha: Marcelo Vieira da Silva Júnior; 12-may 1988-yil (1988-05-12) (35 yosh), Rio-de-Janeyro) braziliyalik futbolchi, Braziliya va Real Madrid jamoasi himoyachisi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fluminense[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marselo 9 yoshidan boshlab, futzal oʻynashni boshlagan. 13 yoshida esa braziliyaning grand klublaridan biri boʻlgan Fluminensening yoshlar tarkibiga kelib qoʻshildi. U boshida yarim himoyada oʻynadi, keyinchalik esa yangi kelgan murabbiy uning katta tezlikka egaligidan samaraliroq foydalanish maqsadida himoyada oʻynatishga qaror qildi. U deyarli futbolni tashlab yuborayotgan edi, chunki uning ota-onasi mashgʻulotlar bazasiga borib kelish uchun yoʻl harajatlari koʻtara olishmayotgan edi. Lekin klub iqtidorli oʻyinchidan ajrab qolmaslik maqsadida bu harajatlarni oʻz zimmasiga oldi. Fluminense tarkibida oʻtkazgan ikki mavsumda u 38 oʻyinda maydonga tushdi va 6 marta raqib darvozasiga toʻp kiritdi.

Real Madrid[tahrir | manbasini tahrirlash]

yosh himoyachining iqtidorini payqagan „Real“ seleksionerlari tezda uni jamoaga jalb etish harakatiga tushishdi va natijada 2007 yilning yanvar oyida madridliklar Marselo bilan 2013 yilgacha shartnoma imzolashdi. Kelishuv summasi 7 mln. yevroga baholandi. Marselo „Real“dagi oʻz hamkasblarining saʼy-harakatlari evaziga tez orada Madridda moslashib ketdi. Bunda Roberto Karlosning harakatlari alohida oʻrin tutdi. U Marseloga oʻz tajribasini ulashdi va har taraflama yordam berdi. Mavsumning qolgan davrida u 6 ta oʻyinda ishtirok etdi va Ispaniya chempioni nomiga sazovor boʻldi. Bernd Shuster vaqtida Marselo asosiy tarkibdan muqim joy oldi.

2011 yil 26-iyulda Marselo rasmiy ravishda ispaniya fuqarosi boʻldi, oʻsha vaqtdan buyon u YeI mamlakatlari legioneri hisoblanadi[1].

Erishgan natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • UEFA Yilning ramziy jamoasi: 2011
  • FIFA World XI: 2012

Ishtirok etish statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012 yil 13 may holatiga.

Jamoa Mavsum Chempionat Kubok Yevrokuboklar Jami
G TU G TU G TU G TU
Fluminense 2005 12 2 0 0 0 0 0 0 0 12 2 0
2006 18 4 0 0 0 0 0 0 0 18 4 0
Jami 30 6 0 0 0 0 0 0 0 30 6 0
Real Madrid 2006/07 6 0 0 0 0 0 0 0 0 6 0 0
2007/08 25 0 2 0 0 0 5 0 1 30 0 3
2008/09 29 4 3 0 0 0 6 0 0 35 4 3
2009/10 35 4 9 2 0 0 6 0 0 43 4 9
2010/11 32 3 4 6 0 1 12 2 2 50 5 7
2011/12 32 3 5 5 0 0 7 0 4 44 3 9
Jami 156 14 22 17 0 1 36 2 7 209 16 31
Faoliyatidagi jami 186 20 22 17 0 1 36 2 7 239 22 31

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]