Mahmud Etemadzoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahmud Etemadzoda
Tavalludi 1915-yil 14-yanvar
Rasht, eron
Vafoti 2006-yil
Fuqaroligi Eron
Institutlar Parijdagi „Brest“ universiteti

Mahmud Etemedzoda (1915-yil 14-yanvar; Rasht, Eronda tugʻilgan) — Behazin nomi bilan tanilgan eronlik yozuvchi, siyosiy faol va adabiy tarjimon. U koʻplab zamonaviy Gʻarb klassikalarini hamda Shekspir va Gyotening ayrim asarlarini tarjima qilgan. U Tude partiyasining aʼzosi edi. Bir necha yil oldin bir guruh yosh zamondoshlari tavalludiga 100 yil boʻlganligi munosabati bilan uning hayot va ijod yoʻli haqida sharh berdilar. Behazin Eron adabiy doiralari tomonidan fors tilini yaxshi bilishi hamda G‘arb adabiy asarlarini fors tiliga qilgan tarjimalarining go‘zalligi va asl matnga yaqinligi tufayli yuqori baholanadi[1].‌‌

Hayot yoʻli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Behazin Parijdagi „Brest“ universitetida dengiz muhandisligi bo‘yicha tahsil olgach, Eronga kelib, dengiz flotiga o‘qishga kiradi. U Xoramshahrga koʻchib oʻtadi va ikki yildan soʻng Bandar-e Anzaliydagi dengiz flotini taʼmirlash ustaxonasining bosh muhandisi boʻladi. U Eron Imperator dengiz floti leytenanti boʻlgan; uning chap qoʻli Angliya-Sovet qoʻshinlarining Eronga bostirib kirishi paytida Bandar-e Anzalida sovet bombasining shrapnellari oqibatida yaralangan va keyinchalik amputatsiya qilingan. U shu voqeadan soʻng, dengiz flotini tark etib, badiiy tarjimalar bilan shugʻullana boshlaydi.‌‌

Tarjimalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mixail Sholoxov — Sokin Don oqimi
  2. William Shakespeare — Hamlet
  3. William Shakespeare  — Daniya shahzodasi
  4. William Shakespeare — Otello
  5. William Shakespeare — Qirol Lir
  6. Romain Rolland — Sehrlangan qalb
  7. Onore De Balzak — Qadimgi Goriot
  8. Onore De Balzak — Amakivachcha Bette

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Habibullayev, Alimulla. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi (1949 — 2022-yillar). Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2022 — 235-236 bet. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Habibullayev, Alimullar. [e Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi (1949 — 2022-yillar]. Toshent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2022. ISBN ISBN RAQAM. 
  • ^ electricpulp.com. „BEHAZIN — Encyclopaedia Iranica“. www.iranicaonline.org. Retrieved September 24, 2017.
  • ^ بخارا — بزرگداشت صدمین زادروز م. ا. به‌آذین — 23 دی‌ماه 1393