Mahmud Esad Coşan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahmud Esad Coşan

Coşan Avstraliyada, 1999-yil
Tavalludi 14 April 1938 (1938-04-14)
Vafoti 4-fevral 2001-yil(2001-02-04)
(62 yoshda)
Dubbo, Avstraliya
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi
  • Academic
  • author
  • preacher
Bolalari 1

Mahmud Esad Coşan (1938-yil 14-aprel – 2001-yil 4-fevral) – turk akademik yozuvchi, voiz, islom professori va naqshbandiya yetakchisi[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Coşan 1938-yil 14-aprelda Chanoqqal’aning Ayvajik tumani, Ahmetche qishlogʻida tugʻilgan. 1950-yilda Vezneciler boshlangʻich maktabini, 1956-yilda Vefa oʻrta maktabini tamomlagan. Istanbul universiteti Adabiyot fakulteti arab-fors filologiyasida oʻqishni boshlagan. Arab tili va adabiyoti, fors tili va adabiyoti, oʻrta asrlar tarixi va turk-islom sanʼati boʻyicha sertifikatlar olgan[2]. 1965-yilda XV asr shoiri Hatipoğlu Muhammad va uning asarlari haqida dissertatsiyani himoya qilib, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi. 1973-yilda dotsent, Anqara universiteti Turk-islom adabiyoti boʻlimiga oʻqituvchi boʻldi. 1977–1980-yillarda Teologiya kollejida dars bergan. Shu vaqt davomida parallel tarzda Sakarya hukumati arxitektura-muhandislik akademiyasida turk tili va adabiyoti fanidan dars bergan. 1982-yilda professor unvonini oldi[2].

İskenderpaşa jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1977-yilda Mehmed Zohid Kotku buyrugʻi bilan hadis suhbatlarini boshlagan. Keyinchalik Naqshbandiya-Xolidiya tariqasining İskenderpaşa Jamiya rahbari boʻlgan. 1987-yilda oʻz xohishi bilan nafaqaga chiqdi. U konferensiya, suhbat, nashriyot va turli korporativ faoliyatini davom ettirdi. U 28-fevral harmiy memorandumida Avstraliyaga ketdi[2].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Coşan va uning kuyovi Ali Yücel Uyarel 2001-yil 4-fevralga oʻtar kechasi Avstraliyaning Dubbo shahrida avtohalokatda vafot etgan[2]. Koshanning oʻlimi haqidagi xabar kelganidan soʻng, Jamoat aʼzolari Üsküdarning Kichik Chamlija shahridagi İskenderpaşa jamoasi markaziga borishgan. Coşanning otasi Halil Necati Coşan va ukasi Mithat Coşan Çilhane masjidida taʼziyani qabul qilishgan[2]. 2001-yil 9-fevralda uning janoza namozi Fotih masjidida oʻqildi. Eyup Sulton qabristoniga dafn etilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]