Magadan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Magadan — RFdagi shahar, Magadan viloyati markazi. Oxota dengizining Nagayev qoʻltiqchasidagi port (Nagayevo). Aholisi 121,6 ming kishi (1998). Shahar korxonalarida konchilik asbobuskunalari, yoqilgʻi apparaturasi ishlab chiqariladi, kema, avtomobil, traktorlar taʼmirlanadi. 42 sanoat korxonasi, shu jumladan, qurilish materiallari korxonalari, tikuvchilik f-kasi, koʻnpoyabzal k-ti, TETS bor. M.da Uzoq Sharq ilmiy markazining Shimol biologik muammolari instituti, Shim.-Sharq kompleks ilmiy tadqiqot instituti, Shim.-Sharq q. x. zonal ilmiy tadqiqot instituti, Tinch okean baliq xoʻjaligi va okeanografiya instituti boʻlimi mavjud. Ped. instituti, politexnika texnikumi, tibbiyot va musiqa bilim yurtlari, 2 teatr, telemarkaz, muzey ishlab turibdi. Avia yoʻnadishlar orqali M. Moskva, Sankt-Peterburg , Novosibirsk va b. shaharlar bilan bogʻlangan. Kolima traktining boshlangʻich punkti. M.ga 1930-y.lar boshida asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil