Madain Solih

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Madain Solih — Madina va Shom o‘rtasidagi vodiy. Qur’oni Karimda zikr qilingan joy. Hozirda Saudiya Arabistonining Hijoz viloyatiga qarashli.

Madain Solih Qur’oni Karimda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hijr surasida Madain solih haqida mana bu oyatlar zikr qilingan.

(80) Aniqki, Hijr (vodiy) egalari (Samud oilasi) ham payg‘ambarlarni (yaʼni, Solih alayhis-salomni) yolg‘onchi qilgandirlar.
(81) Biz ularga Oʻz oyat-mo‘‘jizalarimizni ato etgan edik, ular bu oyatlardan yuz o‘giruvchi bo‘ldilar.
(82-83) (Shundan so‘ng) ular tinch-omonlikda (go‘yo hech qachon o‘lmaydigandek) tog‘laridan uylar yo‘nib yurganlarida, ularni tong chog‘ida dahshatli qichqiriq tutdi.
(84) So‘ngra ularga qilgan narsalari (yaʼni, tosh qal’alari) biron foyda bermadi.

Fotogalareya[tahrir | manbasini tahrirlash]