Lyublin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lyublin — Polshaning sharqiy qismidagi shahar, Lyublin voyevodasining maʼmuriy markazi. Aholisi 356,2 ming kishi (1999). Mamlakatning muhim sanoat va madaniy markazlaridan. Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, q.x. mashinasozligi), oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Tikuvchilik buyumlari, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. L.da bir necha oliy oʻquv yurtlari, universitet, muzeylar, teatrlar bor.

L. qoʻlyozmalarda 10-a.dan tilga olingan. Shaharda 1569 y.da Lyublin uniyasi imzolangan. 1807—15 y.larda Varshava gersogligi, 1815 y.dan Rossiya imperiyasi tarkibida boʻlgan. 1918 y.dan Polsha tarkibiga oʻtgan. 1939 y.da nemis fashistlari bosib olgan. Shahar yaqinida Maydanek konslageri tashkil etilgan. 1944 y.da nemis fashistlaridan ozod qilingan. 1945 y. 17 yanvarda Varshava ozod qilingunga qadar Polshaning muvaqqat poytaxti boʻlib turgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan qasr (13— 16-a.lar), ratusha (14-a.), kostyollar, Lyubomir saroyi (hoz. universitet), teatr binosi va b. saqlangan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil