Lola Zunnunova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lola Zunnunova
Tavalludi 29, Iyun, 1984
Fuqaroligi O'zbekiston
Kasbi Jurnalist, Kinotanqidchi, Sanʼatshunos, Produser
Faoliyat yillari 2002-hozir
Millati O'zbek
Dini Islom
Turmush oʻrtogʻi Farhod Zayniyev
Otasi Zokirjon Zunnunov
Mukofotlari Yiling eng yaxshi teleboshlovchisi (M&TVA 2007)

Lola Zunnunova – jurnalist, teleboshlovchi, sanʼatshunos, kinotanqidchi, produser[1] 1984-yil 29-iyunda Termiz shahrida tugʻilgan. U Yoshlar telekanalida efirga uzatilgan „Kinomaniya“ koʻrsatuvi orqali shuhrat qozongan.

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lola Zunnunova 2005-yilda Toshkent Davlat Sanʼat Institutining „Sanʼatshunoslik“ fakultetini imtiyozli tamomlaydi. Shundan soʻng, 2005—2008-yillarda Oʻzbekiston Jahon Tillari Universitetining „Xalqaro Jurnalistika“ fakultetida oʻqishni davom ettiradi.[2]

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lola Zunnunova 2007-yilda „M&TVA Award“ taqdimotining „Yilning eng yaxshi teleboshlovchisi“ nominatsiyasi gʻolibi. 2019-yilda esa „Eng ulugʻ, Eng Aziz“ Respublika tanlovida gʻolib boʻladi.[3]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lola Zunnunova dastlab 2002-yildan 2007-yilga qadar „Oʻzbekiston“ telekanalida, 2007-yildan 2019-yilga qadar „Yoshlar“ telekanalida hamda 2019—2021-yillarda „MilliyTV“ telekanallarida faoliyat olib boradi. Faoliyati davomida, Lola Zunnunova „Munavvar tong“, „Kinoafisha“, „Cinema.uz“, „Cinemaniya“, „Kinomaniya“[4], „Yoʻl-yoʻlakay“, „Qizlar davrasi“, „Dugonalar“, „Liboslar jilosi“, „Yosh kitobxon“, „Yangi kun“, „Kinoqahramon“ va „Bu kino…“[5] kabi koʻrsatuvlarni efirga taqdim qilgan. 2019-yilning yanvar oyidan boshlab „MilliyTV“ kanalida Bosh muharrir lavozimida[6], 2021-yilning avgust oyida esa kanalning Bosh direktori lavozimida faoliyat yuritdi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://www.kinopoisk.ru/name/6590834/
  2. https://www.imdb.com/name/nm12737789/
  3. https://daryo.uz/k/2021/10/08/taniqli-jurnalist-lola-zunnunova-nima-sababdan-milliy-tv-rahbarligidan-ketganini-malum-qildi-video/
  4. http://sayyod.com/news/lola_jana_kinomanija_ga_di_at_torta_olarmikan/2014-07-10-3046
  5. https://zamin.uz/jamiyat/92101-tanili-zhurnalist-lola-zunnunova-nima-sababdan-milliy-tv-rabarligidan-ketganini-ajtdi.html
  6. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
  7. arxiv nusxasi, 2021-09-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-10-30