Lipoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lipoma (yun.lipos — yogʻ, oma — oʻsma) — yogʻ toʻqimasidan rivojlanadigan xavfsiz oʻsma. Har xil kattalikda boʻladi. Koʻpincha teri osti yogʻ qavati, char-vi, fassiyalar, boʻgʻimlarda, baʼzan pay pardalari, shuningdek, orqada, boʻyinda, qorinning oldingi devori va b. joylarda uchraydi. L. biriktiruvchi toʻqimali kapsula bilan oʻralgan boʻlib, sekin oʻsadi. Organizm funksiyalariga zarar yetkazmaydi, jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil