Liofil va liofob kolloidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Liofil va liofob kolloidlar (yun. 1uo — eritaman, phileo — yaxshi koʻraman, phobos — qoʻrquv) — dispersion muhiti suyukdikdan iborat boʻlgan dispers sistemalar. Dispers faza zarrachalari bilan dispersion muhit zarrachalari orasidagi bogʻlanishga qarab, L. va l.k. farq qilinadi. Agar dispersion muhit suv boʻlsa, "liofil" va "liofob" terminlari oʻrnida "gidrofil" va "gidrofob" soʻzlari ishlatiladi.

Liofil kolloidlarga mol. m.lari juda katta boʻlgan yuqori mole-kulyar moddalar hamda oqsil, jelatina, pepsin kabi birikmalarning eritmalari misol boʻla oladi. Rus olimi P. A. Rebinder taklifiga koʻra, dispers fazasi maʼlum sharoitda oʻz-oʻzicha kolloid zarrachalari darajasigacha (1 — 100 nm) parchalangan muvozanat holatdagi kolloid sistemaga liofil kolloid deb aytiladi. Bu sistemada dispers faza zarrachalari kolloid kat-taligida boʻlib, dispersion muxit mo-lekulalari bilan mustahkam bogʻlanib, muhitga nisbatan liofil xususiyatga egadir.

Liofob kolloidlarda dispers faza dispersion muhit bilan kuchsiz bogʻlanganligi sababli ularning zarrachalari alohida molekulalardan iborat boʻlmay, bir qancha molekulalar agregatini tashkil qiladi. Bu sistemalarda kolloid zarrachalarining oʻlchami dispersion muhit molekulalarining oʻlchamiga nisbatan bir necha marta katta boʻlganligi uchun kolloid zarracha bilan suyuklik orasida chegara sirti hosil boʻladi. Shu sababli bun-day mikrogeterogen sistemalar tipik kolloidlar deb ataladi. Tipik, yaʼni chegara sirtlarga ega boʻlgan liofob kolloidlar faqat molekulyar yoki elektrolit-stabilizatorlar ishtirok etganda hosil boʻladi. Katta miqdorda dispers faza saklovchi liofob kolloidlarini olish ancha murakkab. Liofob kolloidlarga oltin, platina, kumush zollari, metall sulfidlarning gidrolizlari va boshqa misol boʻla oladi (yana qarang Dispers sistemalar, Kolloidlar).

Hozirgi kolloid sistemalar L. va l.k. deb ajratilmaydi, lekin dispers faza va dispersion muhit zarrachalari orasidagi bogʻlanishlarni tavsiflash maqsadida "liofil", "liofob" terminlari saqlab qolingan.

Sayfullo Hamroyev.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil