Limpopo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Limpopo
Tavsif
Uzunligi 1 750[1]
Suv sarfi 170 m³/s
Joylashuvi
Davlat Botsvana, Mozambik, JAR va Zimbabve
Limpopo

Limpopo, Timsohli daryo — Janubiy Afrikadagi daryo. Uzunligi 1600 km, havzasining maydoni 440 ming km². Eng katta irmogʻi — Ulifants. Vitvatersrand tizmasining shim. yon bagʻridan boshla-nadi. Mozambik pasttekisligidan oʻtib, Hind okeaniga quyiladi. Yuqori qismida qurgʻoqchil yerlardan oqib oʻtgani uchun suvi kam, quyi qismida bir necha irmoq quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 800 m³/sek. Yozda yogʻingarchilik davrida daryoning quyi oqimida suv sathi 5-7 m koʻtariladi. Quyilish joyidan boshlab 160 km masofada yil davomida kema qatnaydi. Sugʻorishda foydalaniladi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil