Levkon I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Levkon I (Leukon) — arxont, Bospor davlati podshosi (miloddan avvalgi 389/388— 349/348). Uning davrida keng bosqinchilik yurishlari amalga oshirilgan. Bospor davlatiga Feodosiya (taxminan miloddan avvalgi 380), Sharqiy Qrim, Kuban boʻylarida yashovchi qabilalar (sindlar, toretlar va boshqalar) qoʻshib olingan. Keng hosildor yerlarning bosib olinishi, Bospor gʻallasining (ayniqsa, Afina-ga) eksport qilinishini rivojlantirgan; bu Bosporning iqtisodi va madaniyatining rivojlanishiga yaxshi taʼsir qilgan. L.1 davrida Pantikapey shahrida 1-marta oltin tangalar zarb qilish boshlangan (taxminan miloddan avvalgi 375).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil