Levan Keniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Levan Kenia
ლევან ყენია
Kenia Schalke 04 bilan, 2009-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 18-oktyabr 1990-yil (1990-10-18) (33 yosh)
Tavallud joyi Tbilisi, Gruziya
Boʻyi 1.76 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
KFC Uerdingen
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004-2005 Dinamo Tbilisi
2005-2007 Lokomotive Tbilisi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007-2008 Lokomotive Tbilisi 19 (4)
2008 FC Schalke 04 II 2 (0)
2009-2012 Schalke 04 11 (0)
2012-2013 Karpaty Lviv 20 (3)
2013-2014 Fortuna Düsseldorf 11 (0)
2014-2017 Slavia Prague 31 (3)
2017-2018 Lokomotive Tbilisi 3 (0)
2018-2019 Dudelange 11 (1)
2019-2020 Saburtalo 9 (0)
2021- KFC Uerdingen 25 (4)
Milliy terma jamoa
2006 Gruziya U17 2 (0)
2007-2008 Gruziya U19 5 (0)
2008-2012 Gruziya U21 5 (1)
2007- Gruziya 29 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 11-noyabr uchun)

Levan Keniya (gruzincha: ლევან ყენია; 1990-yil 18-oktyabrda tugʻilgan) — gruziyalik professional futbolchi, Germaniyaning KFC Uerdingen klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keniya 2008-yilning yanvarida „Lokomotive Tbilisi„dan „Shalke 04“ga kelib qoʻshilgan. Klub bilan 2012-yilning iyunigacha amalda boʻladigan shartnoma imzolagan[1]. Keniya 2008-yilning 2-oktyabrida „Schalke 04“ tarkibida UEFA kubogi doirasida APOELga qarshi oʻyinning 65-daqiqasida Gerald Asamoahning oʻrniga maydonga tushib debyut qildli[2]. Ilgari Keniya 14 yoshida „Barcelona“ da ikki hafta mashgʻulot oʻtkazgan[3].

2009-yil 11-aprelda Keniya „Schalke“ safida „Karlsruher SC“ ga qarshi oʻyinda Bundesligada debyut qildi[4].

2012-yil 14 avgustda Keniya Ukraina Premyer-ligasi vakili „Karpaty Lviv „ bilan ikki yillik shartnomaga rozi boʻldi. Ukrainada bir yil oʻtkazgandan soʻng, Keniya Germaniyaga qaytib keldi va Fortuna Düsseldorf bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[5].

Keniya Düsseldorning umidlarni oqlay olmadi. Pleymeyker sifatida 2013—2014-yilgi mavsumda atigi oʻn bitta oʻyin oʻtkazdi. Mavsumning ikkinchi yarmida toʻrt daqiqa oʻynadi. 2014-yilning 1-iyulida, avvalgi mish-mishlarga koʻra, uning shartnomasi bekor qilingani eʼlon qilingan[6].

2018-yilning yozida Lyuksemburgning „F91 Dudelange“ klubiga oʻtdi[7].

2021-yilda Keniya Germaniyaning KFC Uerdingen mintaqaviy klubiga qoʻshildi[8].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keniya Gruziya terma jamoasidagi debyutini 2007-yilning 8-sentyabrida Ukrainaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[9]. Gruziya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Klaus Toppmöller oʻz yoshidagi bunday texnik qobiliyatga ega futbolchini hech qachon koʻrmaganini aytgan[10]. Terma jamoada Keniya hamkasblari Levan Mchedlidze va Giorgi Makaridze bilan birgalikda UEFA Yevro-2008 saralash bosqichida Shotlandiya qarshi oʻyinda maydonga tushishdi, 2:0 hisobida gʻalaba qozonishdi[11]. Toppmöller Keniyani, „Keniya uchrashuvdagi eng yaxshilardan biri boʻldi“ deb maqtadi[12].

Kenya milliy terma jamoasidagi birinchi golini 2008-yilning 27-mayida Estoniyaga qarshi oʻyinda kiritgan[13].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Levan SC Freiburg klubining sobiq yarim himoyachisi Georgi Kiknadzening jiyani.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

25-iyul, 2014-yil holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Lokomotivi Tbilisi 2005—2006 4 0 0 0 0 0 4 0
2006—2007 11 3 0 0 0 0 11 3
2007—2008 4 1 0 0 0 0 4 1
Jami 19 4 0 0 0 0 19 4
Schalke 04 2008—2009 1 0 0 0 1 0 2 0
2009—2010 10 0 2 1 0 0 12 1
2010—2011 0 0 0 0 0 0 0 0
2011—2012 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 11 0 2 1 1 0 14 1
Karpati Lvov 2012—2013 20 3 2 1 0 0 22 4
Fortuna Düsseldorf 2013—2014 11 0 1 0 0 0 12 0
Jami faoliyati 61 7 5 2 1 0 67 9

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

27-may, 2016-yil holatiga koʻra[14]
Levan Keniya tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/r Sana Joy Kep Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2008-yil 27-may A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya 9  Estoniya 1-1 1-1 Doʻstona
2 2008-yil 20-avgust Liberti stadioni, Suonsi, Uels 11  Uels 1-1 2-1 Doʻstona
3 2008-yil 6-sentyabr Stadion am Bruchweg, Mainz, Germaniya 12  Ireland 1-2 1-2 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
4 2016-yil 27-may ASKÖ Stadion, Wels, Avstriya 27  Slovakiya 1-3 1-3 Doʻstona

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Levan Kenia Signs With Schalke 04“. Geofootball (2008-yil 6-yanvar). 2008-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-iyun.
  2. „Schalke 04 1 – 1 Apoel Nicosia“. ESPN (2008-yil 2-oktyabr). 2011-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-iyun.
  3. „Magath: Sein erster Härtetest“ (German). kicker.de (2009-yil 20-avgust). Qaraldi: 2012-yil 3-mart.
  4. „Knappen landen wichtigen 2:0-Arbeitssieg gegen den Karlsruher SC“ (German). FC Schalke 04. 2009-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Levan Kenia kommt zur Fortuna“ (German). Fortuna Düsseldorf. 2013-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-noyabr.
  6. „Levan Kenia und Fortuna Düsseldorf gehen getrennte Wege“ (German). derwesten.de (2014-yil 1-iyul). 2019-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-iyul.
  7. „Kenia profile by F81“ (French). Dudelange. 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-noyabr.
  8. „Verstärkung für den Trainerstab des KFC“ (German). KFC Uerdingen 05. 2022-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
  9. „Georgia 1-1 Ukraine“. Sky Sports (2007-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2009-yil 24-iyun.
  10. „ISP Exclusive: World's Top 30 Young Talents“. Iran Sports Press (2008-yil 24-dekabr). 2012-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-mart.
  11. Clive Lindsay. „Georgia 2-0 Scotland“. BBC (2007-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2009-yil 24-iyun.
  12. „Schalke capture Georgian wunderkind“. UEFA.com (2008-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 3-mart.
  13. Lasha Chankvetadze. „Estonia 1-1 Georgia“. Geofootball.com (2008-yil 30-may). 2008-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-iyun.
  14. „L. Kenia“. Soccerway. Qaraldi: 2016-yil 27-may.